Odamlar irsiyat qonunlarini qanday kashf etgan?
Irsiyat bilan bog'liq masalalarni qaysi fan o'rganadi? Mendel ta'limoti haqida.
2 min
Tarix

Sayyoramizdagi har bir tirik mavjudot, xoh u hayvon yoki o‘simlik bo‘lsin, faqat o‘zi mansub bo‘lgan turdagi naslni beradi. Bu irsiyat qonunlarining taʼsiri tufayli sodir bo‘ladi. Yuqorida aytilganlar ota-onaning avlodi tashqi ko‘rinishi, jismoniy yoki aqliy rivojlanishi bilan aynan ularga o‘xshash bo‘lishini anglatmaydi. Bu farqlar ham irsiyat qonunlari natijasida kelib chiqadi. Har bir jonzot boshqalardan individual xususiyatlar to‘plami — irsiy va orttirilgan belgilar bilan ajralib turadi.

Irsiy belgilar bu —  maʼlum bir organizmda hayoti tug‘ilgan paytda shakllanadigan va ularning manbasi uning ichida joylashgan belgilar. Irsiyatga bog‘liq barcha masalalarni o‘rganish bilan genetika fani shug‘ullanadi. Bu XIX asr o‘rtalarida yashagan avstriyalik rohib va olim Gregor Mendelning ishlari tufayli boshlangan. Mendel o‘z bog‘ida shirin no‘xat bilan irsiyat bo‘yicha tajribalar o‘tkazdi. U voyaga yetgan o‘simliklar urug‘idan qanday nasl o‘sishiga bir qator turli omillar maʼlum darajada taʼsir qilishini aniqlagan. Ammo o‘sha paytda Mendel bu omillarning asl mohiyatini aniqlay olmagan. Bu izdoshlari tomonidan amalga oshirilgan va ularni genlar deb atashgan.

Mendel taʼlimotining haqiqatligi darhol tan olinmagan. Uning vafotidan o‘n olti yil o‘tib, faqat 1900-yilga kelibgina boshqa olimlar bu kashfiyotlar muhimligini anglagan. Bu kashfiyotlar asosida tuzilgan qoidalar Mendel qonunlari deb ataladi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!