Shovqin nima?
Tovush qanday paydo bo'ladi?
2 min
Bu nima?

Tovush mexanik tebranishlar natijasida hosil bo‘ladi. Biroq bu tebranishlar eshitilishi uchun ular qandaydir muhit — havo, suyuqlik yoki qattiq jismda sodir bo‘lishi kerak. Tebranish ovozi muhit orqali tinglovchining qulog‘iga yetib boradi. Tebranishlar to‘g‘ri bo‘lishi mumkin, ya’ni boshqacha qilib aytganda, obyekt muhitda qat’iy ma’lum bir vaqt oralig‘ida to‘lqinlar hosil qiladi. Natijada xushohang tovush hosil bo‘ladi. Ammo tebranishlar noto‘g‘ri bo‘lsa, ularning quloqqa ta’siri yoqimsiz bo‘ladi. Bunday tebranishlar natijasi bo‘lgan tovush shovqin deb ataladi. Tovushlar bir-biridan ovoz balandligi, ohangi va tembri bilan farq qiladi. Tovush balandligi qisman tinglovchi qulog‘ining va tovush chiqaruvchi obyekt orasidagi masofaga hamda qisman tebranish amplitudasiga bog‘liq.

Amplituda so‘zi jism tebranishlari paytida bir ekstremal nuqtadan ikkinchisiga o‘tadigan masofani anglatadi. Bu masofa qanchalik katta bo‘lsa, tovush shunchalik baland bo‘ladi. Tovush ohangi jismning tebranish tezligi yoki chastotasiga bog‘liq. Obyekt bir soniyada qanchalik ko‘p tebransa, u chiqaradigan ohang shunchalik yuqori bo‘ladi. Biroq balandligi va ohangi mutlaqo mos keladigan ikkita tovush bir-biridan farq qilishi mumkin. Tovushning ohangdorligi undagi obertonlar (asosiy ohangga alohida tus beruvchi qo‘shimcha ohang) soni va kuchiga bog‘liq. Agar skripka torining butun uzunligi bo‘ylab qo‘shimcha tebranishlar hosil qilmaydigan tarzda tebranishga majbur qilinsa, undan eng past ohang eshitiladi. Bu asosiy ohang deb ataladi.

Agar alohida qismlarning qo‘shimcha tebranishlari ta’sir qilinsa, unda qo‘shimcha yuqoriroq notalar paydo bo‘ladi. Ular asosiy ohang bilan uyg‘unlashib, o‘zgacha skripka sadosini yaratadi. Mana shu asosiy ohangga nisbatan balandroq bo‘lgan notalar obertonlar deb ataladi. Aynan ular ma’lum bir tovush tembrini belgilaydi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!