Vakuum nima?
Vakuumdan foydalaniladigan narsalar haqida.
2 min
Bu nima?

Aksariyat odamlar vakuumni mutlaqo hech narsa bo’lmagan bo’shliq deb hisoblaydi. Biroq olimlarning fikriga ko’ra, bunday bo’lishi imkonsiz. Ular hech qanday materiya — bironta ham gaz molekulasi yoki chang zarrasi bo’lmagan joy mavjud emas deb hisoblaydi. Demak, vakuum aslida materiya juda kam bo’lgan bo’shliqdir. Teran vakuum uning deyarli yo’qligini anglatadi. Biroq bu iborada “deyarli” so’zi muhim ahamiyat kasb etadi.

Vakuum hosil qilishning eng oson usullaridan biri idishdan havoni so’rib olishdir. Hozirgi vaqtda ilmiy va turli xil ishlab chiqarish maqsadlari uchun zarur bo’lgan, juda teran vakuumni hosil qila oladigan, yetarli darajada kuchli nasoslar mavjud. Masalan, bunday nasoslar elektr lampochkalari ishlab chiqarishda vakuum hosil qiladi. Lampochkadagi havoda kislorod qolganida, u yoqilgan zahoti ichidagi cho’g’lanma ip bir lahzada yonib ketardi. Vakuum nasoslari yordamida eng zamonaviy lampochkalardagi deyarli barcha havoni so’rib olish mumkin. Xuddi shu narsani kavsharlashdan oldin imkon qadar ko’proq havosi so’rib olinadigan televizor yoki radiolardagi elektron lampalar haqida ham aytish mumkin.

Vakuumdan foydalaniladigan barchaga tanish yana bir narsa bu — oddiy termos. U qo’sh devordan iborat bo’lib, ular orasidagi bo’shliqda vakuum hosil qilinadi. Bu bo’shliqdagi gaz molekulalari soni oz bo’lganligi va bir-biridan juda uzoq masofada joylashganligi sababli ular orasidagi issiqlik uzatilishi kamayadi. Shuning uchun yozning issiq kunida termosga solingan sovuq sut sovuqligicha qoladi. Aksincha, termosdagi issiq choy hatto juda sovuq havoda ham sovib qolmaydi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!