Molekulaning kattaligi qanday?

Molekula bu — moddaning xossalarini saqlagan holda alohida mavjud bo‘la oladigan eng kichik zarra. Masalan, biron bir tarzda shakar molekulasini parchalab, uni tarkibiy elementlarga bo‘lsak, ular shakarning xususiyatlari, shu jumladan, rangi va ta’miga ega bo‘lmaydi. Gazlarniki kabi ko‘pgina oddiy molekulalar 2—3 atomdan iborat. Geliy va neon kabi ba’zi gazlarda esa umuman bittadan atom bor. Shu bilan birga, tarkibi murakkab ketma-ketlikda bir-biriga bog‘langan minglab atomlardan tashkil topgan molekulalar ham bor. Molekulalarda bir nechta bir xil atomlar mavjud holatlar ham tez-tez uchraydi. Masalan, suv molekulasi ikkita vodorod va bitta kislorod atomidan iborat.

Rezina olinadigan sof tabiiy kauchuk molekulasi taxminan 75 000 uglerod va 100 000 vodorod atomidan iborat. Shuning uchun turli moddalarning molekulalari o‘lchami jihatidan juda farq qiladi. Shunday qilib, suv molekulasining kattaligi santimetrning milliarddan bir qismiga teng. Rezina molekulasi esa undan ming baravar katta. Molekulalarning shakli ham turlicha bo‘lishi mumkin: ayrimlari koptok shaklida o‘ralgan bo‘lib, futbol to‘piga o‘xshash bo‘lsa, boshqalari uzun iplarni eslatadi. Molekulalarning haqiqiy kattaligini deyarli yaqqol tasavvur qilib bo‘lmaydi. Atigi 10 kub sm muz tarkibida 300 million milliarddan ortiq molekulalar (agar bu son raqamlar bilan yozilsa, ortida 20 ta nol bor uch soni hosil bo‘ladi) mavjud. Bundan tashqari, bu muz bo‘lagining katta qismini bo‘sh joy egallashini ham unutmaslik kerak.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!