20.02.2024
Molekulaning og‘irligi olimlar tomonidan nisbiy shkala bo‘yicha aniqlanadi. Bu uni tashkil etuvchi atomlar og‘irligiga bog‘liq. O‘z navbatida, atomlarning og‘irligi elementar zarrachalar — atom yadrosidagi proton va neytronlar soni bilan belgilanadi. Har bir zarrachalarning og‘irligi nisbiy atom shkalasi bo‘yicha bir birlikka teng. Misol tariqasida, ikkita vodorod va bitta kislorod atomidan tashkil topgan suv molekulasini olaylik. Vodorod yadrosida faqat bitta proton mavjud, eng oddiy element bo‘lgani uchun uning atom og‘irligi birga teng. Kislorod atomi yadrosida 8 ta proton va neytron bor. Shunday ekan, uning vazni nisbiy shkalaga ko‘ra 16 birlikka teng. Suv molekulasining og‘irligini aniqlash uchun uchta atomning og‘irligini qo‘shish kerak. Bu ishni bajarib, nisbiy atom shkalasi bo‘yicha 18 birlik javobini olamiz.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.