Sut nimadan iborat?

Aksariyat odamlar sutni biz iste’mol qiladigan mahsulotlarning eng yaxshisi deb biladi. Unda tanamiz uchun qancha foydali moddalar borligini bilib, nima uchun bunday ekanini tushunish mumkin. Sutning asosiy tarkibiy qismlaridan biri bu — mushaklarni mustahkamlash va og‘ir mehnatdan keyin ularni tiklash uchun zarur bo‘lgan oqsil. Ikkinchisi esa u bilan birga tanaga energiya kiradigan yog‘dir. Bu taxmin qilinganidek, sut yog‘i deb ataladi. Agar sutda globulalar (shar shaklidagi mayda yog‘ zarralari) bo‘lsa, u holda undan yog‘ tayyorlash mumkin. Sut tarkibida boshqa energiya manbai bo‘lgan uglevodorod — shakar ham mavjud. U laktoza deb ataladi. U qamish yoki qand lavlagidan olinadigan shakar kabi shirin ta’mga ega emas, ammo boshqalariga qaraganda inson tanasi tomonidan oson so‘riladi.

Sut tanani zarur mineral tuzlar bilan ham ta’minlaydi. Ular odamga suyaklarni mustahkamlash va yangi qon ishlab chiqarish uchun zarur. Ayniqsa, sutda boshqa oziq-ovqatlarga qaraganda fosfor va kalsiy ko‘proq. Bundan tashqari, sut tarkibida temir, mis, marganets, magniy, natriy, kaliy, xlor, yod, kobalt va rux mavjud. Ammo bu ro‘yxat hali to‘liq emas. Sut bizni ko‘plab vitaminlar bilan ham ta’minlaydi. Uning tarkibida ko‘p miqdorda B2, A, B1 va undan tashqari oz miqdorda C va D vitaminlari bor. Albatta, sutda suv miqdori ko‘p. Sut suyuq mahsulot bo‘lishiga qaramay, uning har bir litrida 110 g qattiq modda borligi diqqatga sazovordir.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!