Olmosning qiymatini nima belgilaydi?

Ma’lumki, olmoslar ajoyib qimmatbaho toshlardir. Demak, olmosning go‘zalligi uning odamlar nazaridagi jozibadorligi va qiymatini belgilaydi deyish mumkin. Bundan tashqari, olmos va brilliantlar odamlarga ma’lum bo‘lgan, eng qattiq moddalar bo‘lib, ularning bu qattiqligi odamlar uchun juda foydalidir. Shunday ekan, u olmos narxining o‘lchovi hisoblanadi. Nega bir olmos boshqasiga qaraganda ko‘proq qiymatga ega? Zargarlik do‘konlarida sotiladigan olmoslar rangi va sifati (tozaligi) jihatidan sezilarli darajada farq qiladi. Ular kamalakning barcha ranglarida bo‘ladi, ba’zi ranglar boshqalariga qaraganda kamroq uchraydi. Moviy, qizil tusdagi hamda rangsiz sof olmoslar boshqalariga qaraganda qimmatroq baholanadi.

Olmos narxini belgilaydigan yana bir omil bu — uning tozaligi. Olmoslar bir tomchi suv kabi toza, ammo kichik nuqtadan katta yoriqqacha bo‘lgan nuqsonlarga ega bo‘lishi mumkin. Ma’lumki, ba’zi olmoslar odamlar nazarida shunchalik katta ahamiyatga ega bo‘lganki, ular tarixda muhim o‘rin tutgan.

Ular orasida eng mashhuri “Ko‘hinur (nur tog‘i)” — yer yuzida ma’lum bo‘lgan eng qadimgi olmos. Ko‘pgina mamlakatlarning hukmdor va shohlari unga ega bo‘lishga shunchalik intilganki, 1400-yildan boshlab, besh asr davomida Hindistonga uyushtirilgan harbiy bosqinlarning deyarli barchasi shu istak tufayli sodir bo‘lgan. Og‘irligi taxminan 44 karat bo‘lgan, g‘ayrioddiy, moviy tusli olmos — “Umid” ham ko‘plab sohiblarining qo‘lidan o‘tgan.

Ushbu tosh egasiga baxtsizlik keltiradi degan rivoyat bor. Boshqa mashhur olmoslar orasida rus shohlari tojining bezagi bo‘lgan “Orlov”, Parijdagi Luvrda saqlanayotgan “Regent” va qismlarga bo‘linib, ingliz monarxlarining toj hamda skipetriga o‘rnatilgan “Kullinan” kabi olmoslarni tilga olish mumkin. Past sifatli olmos ishlab chiqarishda ishlatiladi. Kesish asboblarini charxlashda va linzalarga jilo berishda ishlatiladigan olmos kallaklar keng tarqalgan. Sanoat olmoslari toshlarni burg‘ilashga mo‘ljallangan burg‘ilarda ham qo‘llaniladi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!