Olmos qanday paydo bo‘lgan?
Olmos qanday paydo bo'ladi?
2 min
Tarix

Olmos Yerdagi eng qattiq modda hisoblanadi. Olimlarning fikriga ko‘ra, ular taxminan 100 000 000 yil oldin hosil bo‘lgan. O‘sha paytda Yer qa’ridagi harorat hozirgidan ancha yuqori, tog‘ jinslari esa suyuq holatda bo‘lgan. Yer asta-sekin soviy boshlagach, bu suyuq massa dahshatli bosim va ajralib chiqayotgan issiqlik ta’sirida qolgan. Natijada o‘ziga xos kristall tuzilmalar hosil bo‘lgan. Ulardan biri olmos — uglerod kimyoviy elementining kristallari. Olmosning eng ajoyib xususiyatlaridan ikkitasi bu — qattiqligi va jilosi.

Olmos yerdagi barcha moddalar orasida qattiqligi bo‘yicha o‘zidan keyingi ikkinchi o‘rinni egallagan korunddan besh baravar qattiqroq. Shu tufayli zargarlik buyumlari uchun mo‘ljallangan olmoslarni qayta ishlash juda qiyin va mashaqqatli ishdir. Birinchi bosqichda olmos bo‘laklarga bo‘linadi. Toshni to‘g‘ri bo‘lish uchun kristall tuzilishi bilan belgilanadigan chiziqlarni aniqlash katta mahorat talab etadi. Keyin bu chiziqlar bo‘ylab uchi o‘tkir boshqa olmos yordamida tarnovcha ochiladi. Hosil bo‘lgan chuqurchaga maxsus po‘lat zubilo (temir kesish, tosh tarashlash va shu kabi ishlarda qo‘llaniladigan, iskanasimon asbob) ning o‘tkir qirrasi qo‘yiladi va unga keskin uriladi. Agar hamma narsa to‘g‘ri bajarilgan bo‘lsa, dunyodagi eng qattiq modda bo‘lgan olmos ustaning rejasiga to‘liq, mos ravishda, osongina ikki qismga bo‘linadi.

Agar tayyor olmosga diqqat bilan qaralsa, uning yuzasi ko‘plab qirralar — bir-biriga burchak ostida joylashgan, mayda tekis maydonlardan iboratligini ko‘rish mumkin. Ular yuzasi yog‘ bilan aralashtirilgan, olmos changi surtilgan, tez aylanayotgan po‘lat kallak yordamida tarashlanadi. O‘rtacha bitta brilliant (zargarlik qiymatiga ega olmos nomi) 58 ta qirraga ega. Bu jarayon toshga to‘g‘ri shakl va jilo berish uchun amalga oshiriladi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!