20.02.2024
Spirtning turli xili mavjud. Ular orasida eng taniqli va keng tarqalgani alkogolli ichimliklar tarkibidagi etil spirtidir. Etil spirti kraxmal va shakardan tayyorlanadi. Uni bug’doy, javdar, makkajo’xori, sabzavot va mevalardan ham olish mumkin. Xomashyo sifatida kraxmal ishlatilganda, avval u shakarga aylantiriladi va keyinchalik bijg’itish orqali etil spirti olinadi. Masalan, Irlandiyada spirt kartoshkadan tayyorlanadi, AQShda esa asosiy xomashyo qora qiyomdir.
Spirtni yoqilg’i sifatida ishlatish mumkinligini bilasizmi? U hatto avtomobil dvigatellarida benzin o’rnini bosuvchi vosita bo’lib xizmat qilishi ham mumkin. Bu holda, u ko’pincha boshqa moddalar bilan aralashmada ishlatiladi. Bu holat Ikkinchi jahon urushi paytida, benzin tanqisligi keskinlashgan mamlakatlarda bo’lgan. Spirt suvdan yengilroq bo’lishiga qaramay, bu ikki suyuqlik turli xil nisbatlarda osongina aralashib, suvga qaraganda ancha pastroq haroratda muzlaydigan eritmalar hosil qiladi. Antifriz deb ataladi bunday aralashmalar mashinalar radiatorida ishlatiladi.
Spirt erituvchi sifatida, masalan, lok ishlab chiqarishda keng qo’llanadi. U xloroform va efir kabi og’riq qoldiruvchi vositalarni tayyorlash hamda bo’yoq, dori, suyuq malham va sirka kabi ko’plab moddalarni ishlab chiqarishda ishlatiladi. Spirt antiseptik, ya’ni dezinfeksiyalovchi va chirishning oldini oluvchi modda bo’lgani tufayli muzey va shifoxonalardagi ko’plab buzilishga moyil namunalar unda saqlanadi.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.