20.02.2024
“O‘lim va soliqlar doim biz bilan!”, degan ibora mavjud. Qadim zamonlardan beri odamlar u yoki bu shaklda soliq to‘lagan. Ammo qadimgi va hozir biz to‘layotgan soliqlar o‘rtasida katta farq bor.
Qadimgi davrlarda odamlar iste’mol qilgan mahsulotlar yoki import qilingan narsalar uchun soliq to‘lagan. Bu soliqlar hukmdor tomonidan xalqqa yuklatilgan va ular bardosh bera oladigan darajada yuqori bo‘lgan. Bu imtiyozga ega bo‘lmagan sinflar — qul, vassal, dehqon, ko‘chmanchi hamda bo‘ysundirilgan xalqlarning burchi bo‘lgan. Ba’zi soliqlardan tashqari, qadimgi Misr va Rimda bevosita daromad va boylik solig‘i joriy etilmagan. Har bir fuqaro o‘zi ishlatgan va qilgan deyarli hamma narsa uchun soliq to‘lashga majbur bo‘lgan. Soliqqa tortishga bo‘lgan yangi yondashuv nisbatan yaqinda paydo bo‘lgan. Bunda hukumatni qo‘llab-quvvatlash uchun qanday yig‘imlarni joriy qilish kerakligini xalq vakillari hal qilishi uchun soliqlar odamlar bilan kelishilgan holda belgilangan. Nimalarga soliq joriy qilish kerakligini hal qilish va ularni muntazam ravishda to‘lash (hech kim bu majburiyatdan mamnun bo‘lmasa ham) — xalqning o‘zini o‘zi boshqarish usullaridan biri.
Tarixdagi eng muhim voqealar o‘z hukmdorlari tomonidan odamlarga yuklatilgan soliqlarga qarshi xalq noroziligining natijasidir. “Buyuk ozodlik xartiyasi” (xartiya — ijtimoiy-siyosiy mazmundagi ayrim hujjatlar nomi tarkibida ishlatiladi) Fransiya va Amerika inqiloblari qisman adolatli soliq tizimini o‘rnatish istagi bilan bog‘liq bo‘lgan. Angliyada daromad solig‘i birinchi marta 1798-yilda joriy etilgan. AQShda federal hukumat birinchi jahon urushiga qadar aholining katta qismini xaridlar, spirtli ichimliklar, tamaki va yer sotish solig‘idan ozod qilgan. O‘sha vaqtda va keyinchalik hukumat mol-mulk solig‘ini o‘rnatgan, korxona hamda xususiy shaxslarning daromad solig‘ini oshirgan, boshqa ko‘plab soliqlarni joriy qilgan. AQShda har bir shtat gaz tizimlari, chakana savdo, transport vositalari va daromad solig‘i kabi o‘z soliqlarini ham joriy qilgan.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.