20.02.2024
O‘zingizni cheksiz ummon sarhadlarida adashgan kemada yoki ko‘zga tashlanadigan hech bir obyekt yoki belgi bo‘lmagan cho‘lda tasavvur qiling. Kimdir sizni qidirib topishi uchun aniq manzilingizni qanday tushuntira olasiz? Kenglik va uzunlik tushunchalari aynan shu maqsadda kiritilgan. Ularning yordamida qayerda bo‘lishingizdan qat’iy nazar, sizni Yer yuzining istalgan joyidan topish mumkin. Kenglik obyektning Shimoliy va Janubiy qutblarga nisbatan joylashuvini aniqlashga xizmat qiladi. Ekvator deb ataladigan xayoliy chiziq qutblar orasida, ulardan teng masofada joylashgan. Bu nol kenglik.
Ekvatordan shimol tomon harakatlanib, shimol, janub tomon yurib esa janubiy kengliklarga o‘tamiz. Kengliklar bu — Yer atrofida teng oraliqlarga cho‘zilgan xayoliy chiziqlar. Ular bir-biriga va ekvatorga parallel bo‘lgani uchun parallellar deb ataladi. Bu chiziqlar orasidagi masofa kilometrlarda emas, balki darajalarda o‘lchanadi. Agar aylana uning o‘rtasidan o‘tadigan chiziqlar bilan 360 ta teng qismga bo‘linsa, u holda qo‘shni chiziqlar orasidagi burchak bir darajaga teng bo‘ladi. Joyni aniqroq aniqlash uchun har bir daraja 60 daqiqaga, har bir daqiqa esa 60 soniyaga bo‘linadi. Shimoliy qutb 90 daraja shimoliy kenglikda, Janubiy qutb esa 90 daraja janubiy kenglikda joylashgan.
Biroq dunyodagi biron bir joyni to‘g‘ri aniqlash uchun uning nafaqat shimol va janubga, balki g‘arb va sharqqa nisbatan joylashuvini ham bilish kerak. Buning uchun uzunlik chiziqlaridan foydalaniladi. G‘arbiy yoki sharqiy qutblar bo‘lmagani tufayli tabiiy sanoq boshi mavjud emas.
Allaqachon nol uzunlik chizig‘i Angliyada, Londonning sharqiy chekkasida joylashgan Grinvich laboratoriyasidan o‘tishi to‘g‘risida kelishilgan. Uzunlik chiziqlari meridianlar deb ataladi. Ularning barchasi ekvatorga perpendikulyar bo‘lib, bir-biri bilan ikki nuqtada — Shimoliy va Janubiy qutblarda kesishadi. Bosh meridianning sharqida sharqiy uzunliklar, g‘arbida esa g‘arbiy uzunliklar joylashgan.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.