20.02.2024
Muzlik davri bu — Yer tarixida shimoldan siljib kelgan, ulkan muz massalari Yer yuzining keng hududlarini qoplagan davr. O‘sha davrda qalin muz qatlami Shimoliy Amerika, Yevropa va G‘arbiy Sibirning katta qismini egallagan. Juda uzoq davom etgan bu jarayon taxminan 1 000 000 yil oldin boshlangan va Yerning turli mintaqalarida, turli vaqtda tugagan. Masalan, Yevropaning shimoli, Rossiyada atigi bir necha ming yillar oldin.
Ba’zi mintaqalarda u hali ham davom etmoqda: Grenlandiya haligacha butunlay muz bilan qoplangan. Muz cho‘li millionlab kvadrat kilometr maydonni egallagan. Yevropada uning chegarasi hozirgi Angliya, Germaniya, Ruminiya, Rossiyaning janubi bo‘ylab o‘tgan. Katta muzliklar yaqinlashganda, ko‘pchilik hayvonlar janubga ketishga majbur bo‘lgan. Yangi sovuq iqlimga bardosh bera olmaganlar esa issiqroq hududlarga ko‘chib o‘tgan yoki qirilib ketgan. Hozir bu og‘ir sinovdan o‘tgan hududlarda yashovchi yovvoyi hayvonlar muzlik davri boshlanishidan oldin u yerda mavjud bo‘lgan boy hayvonot dunyosining shunchaki ayanchli qoldiqlaridir. Inson esa o‘zgargan iqlimga moslasha olgan.
Ehtimol, iqlim sovishi hatto uning aqliy qobiliyatlari rivojlanishida muhim rol o‘ynagan bo‘lsa kerak. Chunki og‘irroq sharoitlarda omon qolish uchun unga topqirlik va zukkolik kerak bo‘lgan. O‘simliklar sovuq ob-havodan uzoqroqqa, janubga ko‘chgan. Muzliklar erigach, ularning bir qismi ortga qaytgan. Ammo ko‘plab turlar yo‘q bo‘lib ketgan.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.