20.02.2024
Inson taraqqiyoti qanday sodir boʻlganini tushunish uchun olimlar ibtidoiy odamlardan qolgan barcha narsa — ish, ov qurollari, idish, skelet va boshqalarni sinchkovlik bilan oʻrganadi. 1856-yilda Germaniyaning Neander daryosi vodiysida joylashgan ohaktosh gʻorda bir necha kishining qoldiqlari qazib olinadi. Shu tarzda gʻorlarning qadimgi aholisi oʻliklarini koʻmgani sababli, ilk bor ibtidoiy odamlarning butunlay saqlanib qolgan skeletlari topildi. Taxmin qilganingizdek, ular jasadlari topilgan joy — Neandertal sharafiga “neandertallar” deb atalgan.
Olimlarning taxminlariga koʻra, neandertallar taxminan 70 000 yil davomida Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq va Yevropaning koʻplab mintaqalarida yashagan. Ular Yerda taxminan 100 000 yil oldin paydo boʻlgan.
Neandertallar tipik vakilining koʻrinishi kuchli, past boʻyli odam boʻlgan. Uning yuzi hozirgi odamnikidan ancha farq qilgan: yalpoq yonoq suyaklari, ogʻir va oldinga turtib chiqqan jagʻ, ensiz peshona, deyarli yoʻq iyak — oddiy neandertalning portreti. Ehtimol, dastlabki neandertallar muzlik davrlari oraligʻida sodir boʻlgan iliq davrda ochiq havoda yashagandir…
Yangi sovuq davr boshlangach, ular gʻorlarga koʻchib oʻtib, sovuqqa qarshi kurashishni oʻrgangan. Gʻorlarda topilgan koʻplab oʻchoqlar bu odamlar ularni isitadigan va yirtqichlardan himoya qiladigan olovdan foydalanganini isbotlaydi. Ehtimol, ular unda ovqat pishirgan. Neandertallar nafaqat qoʻl chopqilari, balki kremniydan qurol ham yasay olgan. Bular qirralari yaxshi charxlangan, keng toshparchalar boʻlgan. Ularning ba‘zilari notoʻgʻri uchburchaklar shaklida boʻlib, aftidan, oʻldirilgan hayvonlarning terisini shilish va goʻshtini kesish uchun pichoq sifatida ishlatilgan. Neandertal ovchilarning uchi oʻtkirlangan yogʻoch nayzalari ham boʻlgan boʻlishi mumkin. Nihoyat, neandertallar bilan bogʻliq juda qiziq bir tafsilot: ularning miyasi hajm boʻyicha zamonaviy odamnikidan katta boʻlgan.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.