Atrof-muhit muhofazasi nima?

Dunyo bo‘ylab odamlar atrof-muhitni muhofaza qilishga bag‘ishlangan kampaniyalarni olib bormoqda. Bu ibora nimani anglatadi? Ayrim odamlar atrof-muhitni muhofaza qilish deganda, birinchi navbatda, inson hali teginmagan, pokiza tabiatning Yer yuzida qolgan, unchalik ham ko‘p bo‘lmagan burchaklarini daxlsiz saqlashni tushunadi. Boshqalar esa hayvon va o‘simliklarning har xil turini saqlashni nazarda tutadi. Atrof-muhitni muhofaza qilish o‘rmonlarni kesishdan himoya qilish va umuman barcha tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni o‘z ichiga oladi. Atrof-muhitni muhofaza qilish muammosi bugungi kunda juda muhim bo‘lib qoldi. Chunki hozir insoniyat har qachongidan ham ko‘proq turli xil tabiiy resurslarga muhtoj.

Sayyoramizdagi odamlar soni ortib, ularning turmush darajasi oshgani sayin qo‘lini “tabiat ombori”ga chuqurroq kirita boshladi. Manbalar sayyoramiz va insoniyat kelajagini saqlab qolish uchun qo‘riqlanishi kerak. Manbalarni uchta katta guruhga bo‘lish mumkin.

Birinchisi, suv, tuproq, o‘rmon kabi qayta tiklanadigan manbalarni o‘z ichiga oladi va foydalanishda to‘g‘ri munosabat ko‘rsatilganda, ular qayta tiklanishi mumkin. Bunday holda, tabiatni muhofaza qilish deganda tuproqni eroziyadan (ya‘ni yemirilishdan) himoya qilish, sug‘orish kabi va yana boshqa choralar ham tushuniladi.

Ikkinchi guruh qayta tiklanmaydigan manbalardan iborat. Bu asosan foydali qazilmalar: ko‘mir, neft, tabiiy gaz, rudalar… Ularning Yer qa‘ridagi zahiralari cheklangan va ularni ko‘paytirib bo‘lmaydi.

Uchinchi guruhga quyosh energiyasi kabi bitmas-tuganmas manbalar kiradi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!