Yerosti bulog‘i va artezian qudug‘i o‘rtasida qanday farq bor?

Shaharda yashovchi aholining suv olish uchun buloq yoki quduqqa borishiga hojat yoʻq. Negaki suvning oʻzi maxsus taʼminot tizimi orqali xonadonga oqib keladi. Lekin yirik aholi punktlaridan uzoqda boʻlgan qishloq joylarda vaziyat butunlay boshqacha boʻlishi mumkin. 

Buloq bu — Yer yuzasidagi tabiiy teshikdan iborat manba. Yogʻingarchilik paytida suvning bir qismi tortishish kuchi tufayli mayda yoriq va teshiklar orqali tuproqqa, uning ostidagi toshli qatlamga iloji boricha chuqurroq kirib boradi. Tuproq qatlami ostida, turli xil chuqurliklarda tuproqning pastki qatlami yotadi, unda esa toshlar orasidagi barcha yoriq va boʻshliqlar suv bilan toʻlgan boʻladi. Ushbu qatlamning ustki qismi yerosti suvining sathi deb ataladi.

Buloq tuproq yerosti suvi sathidan past boʻlgan vodiy yoki boshqa pasttekisliklarda toshlar orasidagi yoriqlar orqali tashqariga chiqadi. Boshqacha qilib aytganda, tuproqda toʻplangan suv yer yuzasiga oqib chiqadi. Suv tuproqning pastki qatlamlaridan doimo kelib turgani uchun ayrim buloqlar yil davomida qurib qolmaydi. Boshqalari esa faqat suv sathi eng yuqori boʻladigan yomgʻirli mavsumlarda faol boʻladi.

Artezian qudugʻi ham tabiiy suv manbaidir, ammo uning yuzaga chiqishi uchun tuynuk tabiiy emas, balki inson tomonidan, sunʼiy yaratiladi. Suv shagʻal yoki qum qatlami tuproqning zich tosh qatlamlari orasida boʻlgan joylarda, oʻrtalikdagi gʻovak qatlamda toʻplanadi. Agar bu yer biroz qiyalikda joylashgan boʻlsa, unda suv bu qatlamni tepasigacha toʻldiradi va yuzaga chiqadigan tuynuk boʻlmagani sababli katta bosimni hosil qiladi. Agar bu joyda quduq burgʻilansa, suv butun bosim ostida shiddatli favvora boʻlib otilib chiqadi va mana shu artezian qudugʻidir.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!