20.02.2024
Astronomlar koinot atamasidan foydalanganda butun fazo va uni toʻldirib turgan barcha jismlarni nazarda tutadi. Bu atama oʻz ichiga nimalarni olishini tushunish uchun hatto eng boy tasavvur ham yetarli emas. Koinotning naqadar ulkanligini anglash uchun bunga quyidagi misol bilan tushuntirish berish mumkin. Yorugʻlik yili, yaʼni yorugʻlik nurining bir yilda bosib oʻtadigan masofasi 5460 milliard kilometrni tashkil qiladi.
Bizning galaktikamiz — Quyosh tizimimiz joylashgan Somon yoʻlining koʻlami taxminan 100 000 yorugʻlik yiliga teng. Eng yaqinlari 2 000 000, eng uzoqlari esa bizdan trillion yorugʻlik yili uzoqlikda joylashgan, millionlab boshqa galaktikalar mavjud. Bularning barchasi bizga maʼlum boʻlgan koinotning bir qismidir. Aslida, u ancha katta oʻlchamlarga ega boʻlishi mumkin. Bu haqiqatdan shunday ekaniga astronomlarning ishonchi komil. Savol koinotning naqadar katta ekanida. Olimlar bu savolga javob berishga harakat qilganda, fazoning oʻziga xos xususiyatlarini inobatga olishiga toʻgʻri keladi.
Zamonaviy nazariyalarga koʻra, fazo oʻzi atrofida egiladi. Bu har qanday toʻgʻri chiziq boʻylab qancha vaqt harakat qilsangiz ham, u har doim egilib, fazoning ichiga olib borishini, yaʼni fazo “tashqarisiga” chiqish imkoni yoʻqligini anglatadi. Bu qanday sodir boʻlishini quyidagi misol bilan tushuntirish mumkin. Moskvadan Vladivostokka bir xil balandlikda uchayotgan samolyot havoda Yerning egri yuzasini takrorlaydigan ulkan yoyni chizadi. Agar toʻgʻri chiziq boʻylab uchganda, u soʻnggi nuqtaga yetib borganida, u minglab kilometr balandroqda boʻlar edi.
Astronomlarning fikriga koʻra, fazodagi har qanday harakat bilan ham xuddi shu narsa sodir boʻladi va yagona farq shundaki, fazoning egriligi ancha murakkab hodisadir. Uni suratda yoki biron bir model yordamida tasvirlab boʻlmaydi va faqatgina oliy matematika qonunlari yordamida hisoblash mumkin.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.