Quyosh tizimi nima?

Uchar likopcha va boshqa olamlardan kelgan oʻzga sayyoraliklar haqida eshitgan boʻlsangiz kerak. Bunday xabarlarning haqiqatga yaqinligi shubha ostiga olinsa-da, ammo bunday hodisalar ehtimoli shubhasizdir. Gap shundaki, Quyosh tizimi biznikiga oʻxshash, millionlab boshqa shunday tizimlar mavjud boʻlishi mumkin boʻlgan, ulkan koinotning atigi zarradek bir qismidir. Quyosh tizimi tushunchasi quyosh va uning tortishish taʼsiri ostida uning atrofida aylanadigan barcha jismlarni oʻz ichiga oladi. Bunday tizim Quyoshning tortishish kuchi taʼsiridagi sayyora, sunʼiy yoʻldosh, asteroid va kometalardan iborat.

Yer jami toʻqqizta sayyoradan biridir. Sayyoralar oʻlchami va boshqa koʻplab parametrlari boʻyicha bir-biridan juda farq qiladi hamda Quyoshdan turli masofalarda joylashgan.

Merkuriy eng kichik va Quyoshga eng yaqin sayyoradir. U Quyosh atrofida atigi 88 kun ichida toʻliq aylanib chiqadi.

Undan keyin Quyoshdan 108 million kilometr uzoqlikda joylashgan va uning atrofida 225 kun ichida aylanib chiqadigan Venera turadi.

Yer Quyoshdan uzoqligi boʻyicha uchinchi sayyora boʻlib, undan 149,5 million kilometrlik masofada joylashgan.

Keyin Quyoshdan taxminan 228 million km uzoqlikda joylashgan Mars keladi va uning aylanish davri 687 kunni tashkil etadi. Navbatdagisi Quyosh tizimining eng katta sayyorasi Yupiter boʻlib, u toʻliq aylanishni deyarli 12 yil ichida, undan keyingi Saturn esa 29,5 yil ichida amalga oshiradi.

Oxirgi uchta sayyora — Uran, Neptun va Pluton Quyoshdan shunchalik uzoqki, ularni hatto oddiy koʻz bilan koʻrib ham boʻlmaydi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!