20.02.2024
Biz biror narsaning hajmini oʻlchashga qodirmiz, lekin ba’zida olgan natijamizning asl mohiyatini anglay olmaymiz. Bu kosmosdagi obyektlar orasidagi masofa haqida gap ketganda namoyon boʻladi. Biz ular orasidagi masofani oʻlchashga qodirmiz, ammo oʻlchovlar koʻlami hayotimizdagi odatiy tasavvur doirasi chegarasiga mos kelmaydi.
“Yorugʻlik qanday sayohat qiladi?” savoliga javobda yorugʻlik nuri bir yil ichida bosib oʻtadigan masofa — yorugʻlik yili tushunchasini aytib oʻtgandik. Bu deyarli 100 trillion kilometrni tashkil etadi. Bu astronomiyadagi asosiy oʻlchov birliklaridan biridir.
Endi Yerga yaqin joylashgan yulduzlarning qanchalik “yaqinligini” koʻrib chiqaylik. Sayyoramizdan eng kam masofada (albatta, Quyoshdan tashqari) Proksima (Kentavr yulduz turkumiga mansub) joylashgan boʻlib, ungacha boʻlgan masofa 4,3 yorugʻlik yilini tashkil etadi. Bu esa 40 trillion kilometrdan ortiqdir.
Bu yulduz Janubiy yarimshar ustidagi osmonda koʻrinadi. Shimoliy yarimshar tomondan bizga eng yaqin yulduz — Sirius. Uning yorugʻligi Yerga 8 yilda yetib keladi.
Oddiy koʻz bilan ilgʻasa boʻladigan eng uzoq yulduzlar bizdan taxminan 8 000 000 yorugʻlik yili uzoqlikda joylashgan. Biroq teleskoplar yordamida ancha uzoqroqdagi yulduzlarni ham koʻrish mumkin. Zamonaviy qurilmalar yorugʻligi bizga yuzlab million yillar davomida yetib keladigan yulduzlarni topishga imkon beradi.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.