20.02.2024
Tortishish kuchi yoki gravitatsiya hodisasi koinotdagi har bir istalgan kichik obyekt yaqinida kuzatiladi. Bu turli jismlar orasidagi tortishish kuchi mavjudligidan iboratdir. Ammo bu kuchning kattaligi ikki narsa — bu jismlarning massasi va ular orasidagi masofaga bogʻliq. Masalan, tortishish kuchi tanamiz va Yer oʻrtasida ham bor. Yer oʻlchami biznikidan ancha katta boʻlgani tufayli u bizni oʻziga tortadi va aksincha emas. Yer yuzasida boʻlganimizda tortishish kuchi bizning vaznimizga teng boʻladi.
Lekin oʻzimiz va sayyoramizning markazi orasidagi masofani ikki baravarga oshirsak (yaʼni, Yerdan 6500 km balandlikka koʻtarilsak), vaznimiz 4 baravarga kamayadi. Oy yetarlicha katta kosmik jismdir, ammo u baribir Yerdan anchagina kichik. Uning massasi Yernikidan 80 baravar kam. Shuning uchun ham undagi tortishish kuchi (gravitatsiya) Yerdagidan ancha kuchsiz. Agar Oyga tushsangiz, tana vazningiz 6 baravarga kamayadi. Boshqacha qilib aytganda, agar Oy yuzasida balandlikka sakrashni istasangiz, unda Yerdagi natijadan 6 baravar balandroq sakrashga muvaffaq boʻlasiz.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.