20.02.2024
Inson Yerda paydo boʻlganidan beri Oy uning uchun sirli boʻlib kelgan. Qadimda odamlar Oyni tun maʼbudasi deb hisoblab, unga sajda qilgan. Biroq bugungi kunda biz u haqida koʻproq maʼlumotga egamiz. Sovet va amerikalik olimlar tomonidan olingan fotosuratlarda hatto Oyning “orqa” yoki boshqacha taʼriflanganidek — “qorongʻi” tomonini ham koʻrishimiz mumkin. Nega biz Yerdan Oyning orqa tarafini koʻra olmaymiz? Gap shundaki, Oy Yerning tabiiy sunʼiy yoʻldoshi, yaʼni uning atrofida aylanib yuradigan sayyoramizdan kichikroq samoviy jismdir. Oy Yer atrofidagi orbitasini taxminan 29,5 kunda toʻliq aylanadi.
Qizigʻi, Oy ham oʻz oʻqi atrofida xuddi shu vaqt ichida aylanib chiqadi. Shuning uchun ham Yerdan uning faqat bir tomoni koʻrinadi. Bu qanday sodir boʻlishini yaxshiroq tushunish uchun quyidagi tajribani oʻtkazib koʻring. Olma yoki apelsinni olib, ustiga uni ikki qismga boʻladigan chiziq torting. Uni Oy deb tasavvur qiling. Endi kaftingizni musht qilib, qoʻlingizni oldinga choʻzing — bu tajribamizda Yerni tasvirlaydi. Endi “Oy”ning bir tarafini “Yer” tomonga oʻgiring. “Oy”ning shu tarafini “Yer”ga qaratgan holda ushlab, uni “Yer” atrofida toʻliq aylantiring. Shunda “Oy” oʻz oʻqi atrofida aylanib chiqqani va “Yer”dan uning faqat bir tomoni koʻringanining guvohi boʻlasiz.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.