Ob-havo nimaga bog‘liq?

Keling, ob-havo nima ekanini aniqlashga harakat qilib koʻraylik. Har bir kishi bu soʻzni doimiy ravishda ishlatishiga qaramay, koʻpchilik uchun bunday savol qiyinchilik tugʻdiradi. Ob-havo bu — Yerning muayyan bir mintaqasidagi atmosfera holati. U sovuq, issiq, quruq, yomgʻirli, shamolli yoki sokin boʻlishi mumkin. Atmosferadagi har xil miqdordagi namlik, issiqlik va harakatlarning har qanday kombinatsiyasi ob-havodir. U har soatda, kundan kunga, oydan oyga, yildan yilga — doimiy oʻzgarishlar jarayonida boʻladi.

Atmosferadagi turli jarayonlar kunlik oʻzgarishlarni yuzaga keltiradi. Mavsumiy oʻzgarishlar (qishdan bahorga, bahordan yozga va hokazo) esa Yerning Quyosh atrofida aylanishi tufayli sodir boʻladi. Yillar davomida ob-havoning oʻzgarishi sabablari toʻliq aniqlanmagan, garchi oxirgi vaqtlarda insonning ishlab chiqarish faoliyati juda muhim rol oʻynamoqda. Ob-havoni belgilaydigan eng muhim jihat — havoning isishi yoki sovushi. Atmosfera turli nuqtalarining isish darajasidagi farq shamollarning paydo boʻlishiga olib keladi va yer yuzasidan bugʻlanuvchi namlik miqdoriga taʼsir qiladi. Namlik — havodagi suv miqdori harorat bilan bir qatorda ob-havoga sezilarli taʼsir koʻrsatadi. U asosan bulutlarning toʻplanib,  yogʻingarchilik yuzaga kelishi ehtimolini belgilaydi.

Meteorologlar — ob-havoni oʻrganadigan kishilar mavjud ob-havo frontlariga qarab, uning qanday boʻlishini taxmin qiladi. Front bu — issiq va sovuq havo massalari, masalan, bulutlar toʻplami va ochiq osmon oʻrtasidagi chegaralar. Odatda ob-havoning oʻzgarishi, shu jumladan, momaqaldiroq, qor yogʻishi kabi noxush hodisalar ushbu frontlarning harakati bilan bogʻliq.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!