Qor nima?

Qor — muzlagan suvdan boshqa narsa emas. U holda qor nega muzga oʻxshamaydi? Gap shundaki, qor parchalari aslida kichik muz kristallaridan iborat va yorugʻlik ularning koʻp sonli qirralaridan aks etgani tufayli qor parchalari shaffof emas, oq rangga oʻxshaydi. Qor atmosferadagi suv bugʻlari muzlaganda hosil boʻladi. Dastlab toza va shaffof mayda kristallar paydo boʻladi. Havo oqimlari bilan ular turli yoʻnalishlarda harakat qiladi. Asta-sekin bu kristallar ularning soni yuz yoki undan ham koʻproq boʻlgunga qadar bir-biriga “yopishadi”. Muz parchalarining kattaligi yetarli darajada kattalashgandan keyin ular ohista yerga tusha boshlaydi. Bu muz parchalarining toʻplamini biz qor parchalari deb ataymiz.

Ayrim muz kristallari igna shaklida, boshqalari yassi koʻrinishga ega, ammo har qanday holatda ham har birining 6 ta qirrasi boʻladi. Qizigʻi, qor parchalarining tuzilishi mutlaqo bir xil. Shu bilan birga, mutlaqo bir xil naqshli ikkita qor parchasini topib boʻlmaydi. Qor har doim ham oq boʻlmasligini bilarmidingiz? Dunyoning koʻplab mintaqalarida odamlar qizil, yashil, koʻk va hatto qora rangdagi qorni koʻrgan.

Bunday xilma-xil ranglarning sababi yerga tushayotgan qor parchalari tomonidan shimib olinadigan mayda bakteriya, zamburugʻ, shuningdek, havodagi changlardir. Qorning alohida qor parchalari orasida katta havo boʻshliqlari boʻlgani tufayli u issiqlikni yomon oʻtkazadi. Shuning uchun ham “qor koʻrpasi” oʻsimlik ildizlarini sovuqdan himoya qila oladi. Qordan turar joy — iglu yasaydigan eskimoslar ham uning xuddi shu xususiyatidan foydalanadi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!