20.02.2024
Yorqin nurlarni aks ettirib, porlab turadigan sayyora va ularning yoʻldoshlaridan farqli oʻlaroq, oʻz nurini chiqaradigan ulkan gaz sharlari bu — yulduzlar. Masalan, Oy nuri ushbu sayyora tomonidan aks ettirilgan Quyosh nuridir. Yana bir farq shundaki, yulduzlar miltillayotgandek tuyuladi, sayyoralarning yorugʻligi esa bir tekis va miltillamaydi. Yulduzlarning miltillashi yer atmosferasida turli moddalar mavjudligidan kelib chiqadi.
Juda katta yoki yorqin boʻlmasa-da, Quyosh ham yulduzdir. Boshqalar bilan taqqoslaganda, bu ko‘rsatkichlar boʻyicha u oraliq pozitsiyani egallaydi. Millionlab yulduzlar Quyoshdan ancha kichikroq, boshqalari esa undan kattaroqdir. Ular orasida Quyosh oʻrnida boʻlib, kattaligi nafaqat Yer va Mars, balki hatto Yupiter orbitalarini ham oʻz ichiga oladiganlari mavjud. Lekin juda uzoq masofa tufayli ular bizga baribir kichik nuqta shaklida koʻrinadi.
Qadimgi yunon astronomlari davridan boshlab, yulduzlar oʻlchamlariga qarab guruhlarga boʻlinadi. “Oʻlcham” tushunchasi ostida yulduzlarning haqiqiy oʻlchamlari emas, balki ularning yorqinligi tushuniladi. Bundan tashqari, yulduzlar oʻzining spektri yoki boshqacha qilib aytganda, nurining toʻlqin uzunligi bilan farq qiladi. Yulduzning spektrini oʻrganib, astronomlar uning xususiyatlari, harorati va hatto kimyoviy tarkibi haqida koʻp narsalarni bilib oladi.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.