Yulduzlar yorqinligiga ko‘ra qanday farqlanadi?
Yulduzlarning yorqinligiga ko'ra bir-biridan farqlanishi.
2 min
Yulduzlar

Osmonga qarab, yulduzlar oʻrtasidagi farqni unchalik ham payqamaymiz. Faqatgina ulardan baʼzilari boshqalarga qaraganda katta yoki yorqinroq koʻrinadi. Aslida yulduzlar bir-biridan farq qiladi va ularning orasidagi farq juda katta koʻlamda boʻladi. Agar yulduzlarni spektrlarga koʻra tasniflasak, ular moviydan qizil tusgacha boʻlgan bir qatorga joylashadi.

Moviy rangdagilar eng qaynoq va yorqin yulduzlardir. Ularning yuzasidagi harorat 400 000 °C ga yetadi. Sariq yulduz hisoblangan — Quyosh yuzasidagi harorat taxminan 6000 °C ni tashkil qiladi. Eng sovugʻi — qizil yulduzlar. Ularning harorati 2500 °C atrofida, ammo ularning nuri koʻk, oq yoki sariq yulduzlarniki kabi yorqin emas. Lekin boshqa, juda koʻp oʻzgacha yulduzlar ham mavjud: bularga Neytron, Qora tuynuk kabi yulduzlar kiradi.

Masalan, Qora tuynuklar hech qanday nurlanish chiqarmaydi. Yulduzlarni yorqinligiga koʻra ajratish uchun qadimgi yunon olimi Gipparx tomonidan kiritilgan yulduz oʻlchami tushunchasi mavjud. Bir xil yorqinlikka ega yulduzlar bir xil oʻlchamda hisoblanadi. Eng yorqinlari, birinchi oʻlchamdagi yulduzlardir. Ular ikkinchi oʻlchamdagi yulduzlarga qaraganda 2,5 baravar, ikkinchi oʻlchamga mansub yulduzlar esa uchinchidagilardan 2,5 baravar yorqinroq va hokazo. Oddiy koʻz bilan faqat 1—6 kattalikdagi yulduzlarni koʻrish mumkin va ular yulduzlarning umumiy soniga nisbatan juda kamdir.

Shuni yodda tutish kerakki, yulduz oʻlchami yoki koʻrinadigan yulduz oʻlchami umuman yulduzning kattaligi yoki haqiqiy yorqinligi emas. Bu uning Yerdagi kuzatuvchiga nisbatan yorqinligini tavsiflaydi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!