20.02.2024
Oʻlik dengiz Yer yuzidagi eng gʻalati suv havzalaridan biridir. Millionlab yillar avval uning suv sathi hozirgi darajadan taxminan 420 m yuqori edi va shu tariqa Oʻrta dengiz sathidan baland boʻlgan. Oʻsha vaqtlarda dengizda hayot boʻlgan. Biroq buyuk qurgʻoqchilik davri kelgach, Oʻlik dengizdan shunchalik koʻp suv bugʻlanib ketganki, u bora-bora hozirgi hajmiga qadar kamaygan.
Oʻlik dengiz bilan bogʻliq eng hayratlanarli xususiyatlardan biri, uning suvidagi tuz miqdoridir. Bu miqdor 23—25 foizni tashkil qiladi. Taqqoslash uchun, okean suvidagi tuz miqdori atigi 4—6 foizni tashkil qiladi. Agar Oʻlik dengiz suvi tatib koʻrilsa, u nafaqat juda shoʻr boʻlib tuyuladi, balki magniy xloridning yuqori miqdori tufayli koʻngilni aynitishi ham mumkin.
Bundan tashqari, suvda erigan katta miqdordagi kalsiy xlorid sababli u yogʻli suyuqlikka oʻxshaydi. Oʻlik dengizda bironta ham jonivor yashay olmaydi. Koʻpincha dengizga quyiladigan Iordan daryosining suvi bilan unga baliqlar kelib tushadi. Ammo tuz miqdori juda yuqori boʻlgani sababli bu baliqlar ham nobud boʻlib, dengiz qirgʻogʻida uy qurgan qushlarning oʻljasiga aylanadi.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.