Nega lo‘lilar o‘z urf-odatlarini yo‘qotmaydi?

Muayyan bir joy yoki mamlakatga joylashganda, odamlar odatda mahalliy aholi bilan bir xil turmush tarzini olib borishga harakat qiladi. Ammo butun umrini biror joyda uzoq vaqt qolib ketmasdan, dunyo boʻylab koʻchib yurib oʻtkazadigan xalqlar qayerda boʻlishidan qatʼiy nazar, oʻz urf-odatlariga rioya qilishni davom ettiradi. Loʻlilar ham shu koʻchmanchi xalqlardan biridir. Ular orasidan oltita mamlakatda yashashga ulgurgan va bir nechta tillarda gaplashadiganlarini ham uchratish mumkin. Yevropalik loʻlilar koʻpincha birorta shaharda birmuncha vaqt ushlanib qoladi, ammo tez orada yana elma-el kezishda davom etadi.

Loʻlilar gʻalati va yot boʻlib tuyulgani tufayli koʻplab yevropaliklar ularni yoqtirmaydi va qoʻrqadi. Albatta, bu holat loʻlilarning oʻz udum va odatlaridan voz kechib, ular bilan ehtiyotkor va yovqarash munosabatda boʻlganlarning urf-odatlarini qabul qilishiga hissa qoʻshmaydi.

Loʻlilarning oʻtroq hayotga koʻproq moyil boʻlgan ikki guruhi — venger va ispan loʻlilari mavjud. Uzoq vaqt davomida biron bir mamlakatda yashagan loʻlilar odatda unda hukmron boʻlgan dinni qabul qiladi, ammo unga oʻzining koʻplab sodda marosim va udumlarini kiritadi. Loʻlilarning vatani qayerdaligini hech kim aniq bilmaydi, ammo X asrda Forsga koʻchish boshlanganda ular Hindistondan kelib chiqqan deb hisoblanadi.

XIV asrda ular Bolqon va Gretsiya chegaralariga yetib kelgan, keyin esa gʻarbga yoʻl olgan. Masalan, Angliyada ular XVI asrda paydo boʻlgan.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!