20.02.2024
Boshingiz uzra reaktiv samolyot uchib oʻtganda portlashga oʻxshash baland tovushni eshitganmisiz? Bu tovush samolyot tovush toʻsigʻidan oʻtganida paydo boʻladi. Tovush toʻsigʻi nima va samolyot nega bunday tovush chiqaradi? Maʼlumki, tovush maʼlum bir tezlikda harakatlanadi. Tezlik balandlikka bogʻliq. Dengiz sathida tovush tezligi soatiga taxminan 1220 kilometrni, 11000 metr balandlikda esa soatiga 1060 kilometrni tashkil qiladi.
Samolyot tovush tezligiga yaqin tezlikda uchganda, u maʼlum yuklamalarga duchor boʻladi. Samolyot odatdagi (tovush tezligiga qadar) tezlikda uchganida, uning old qismi qarshisidagi bosim toʻlqinini haydaydi. Bu toʻlqin tovush tezligida tarqaladi. Bosim toʻlqini samolyot harakatlanayotganda havo zarralarining uning oldida toʻplanishi tufayli yuzaga keladi. Samolyot tovush tezligigacha boʻlgan tezlikda uchganida, toʻlqin samolyotga qaraganda tezroq harakat qiladi. Natijada havo samolyot qanotlari yuzasi boʻylab qiyinchiliksiz oʻtadi.
Keling, endi tovush tezligida uchayotgan samolyotni koʻrib chiqaylik. Samolyot oldida bosim toʻlqini hosil boʻlmaydi. Buning oʻrniga bosim toʻlqini qanot oldida (chunki samolyot va bosim toʻlqini bir xil tezlikda harakatlanadi) paydo boʻladi. Endi esa samolyot qanotida katta yuklamalarni keltirib chiqaradigan zarba toʻlqini yuzaga keladi. “Tovush toʻsigʻi” iborasi samolyotlar tovush tezligida ucha olishidan oldin paydo boʻlib, ushbu ibora samolyot bu tezlikda boshdan kechiradigan yuklamalarni taʼriflaydi va bu “toʻsiq” deb hisoblangan. Ammo tovush tezligi aslida umuman toʻsiq emas.
Muhandis va samolyot konstruktorlari yangi yuklamalar muammosini hal qildi. Eski qarashlardan qolgan narsa shuki, zarba samolyot tovushdan yuqori tezlikda uchayotganda zarba toʻlqinidan hosil boʻladi.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.