Shisha qanday qilib puflab yasaladi?

Puflab shisha yasash eng qadimgi koʻnikmalardan biridir. Ammo zamonaviy mexanizmlar ishlab chiqilgani sababli ustunlik ularga oʻtib ketgan. Shuningdek, shishaga boʻlgan ehtiyoj ortib borayotgani tufayli shishani puflash kamdan kam uchraydi. Shisha eritilgan holatda boʻlganda, unga turli usullar bilan ishlov berish mumkin. U puflanishi, presslanishi, rasm solib bezatilishi yoki aylantirilib yoyilishi mumkin.

Asrlar davomida shishaga ishlov berishning asosiy usuli puflash edi. Usta naychaning uchiga eritilgan shishadan pufakchalar yigʻib, biz sovun pufakchalarini puflab shishirganimiz kabi unga puflagan. Oʻz mahoratidan foydalanib, u shishani puflab, unga shakl bergan va kerakli qalinlikka keltirgan. Shishagar shishaga ishlov berish holatida uni ushlab turish uchun doimiy ravishda qizdirib turgan. Keyin usta ishlov berishni maxsus vositalar bilan tugatgan. Shu tarzda koʻplab turdagi shisha buyumlar yaratilgan. Shisha kerakli tashqi koʻrinishga ega boʻlishi uchun qolipga ham quyilishi mumkin. Ajablanarlisi shundaki, deraza oynasi uchun shisha puflanib, uzun silindr shakliga keltirilib, keyinchalik kesilgan va aylantirilib yoyilgan. Albatta, ularning kattaligi shishagar oʻpkasining kuchi bilan cheklangan.

Bugungi kunda “qoʻlishi” deb nomlanadigan bunday shisha ishlab chiqarish jarayoni hali ham maxsus ilmiy uskunalar yoki juda qimmat, ajoyib shisha buyumlarni ishlab chiqarishda qoʻllanmoqda. Ammo shisha idishlarga boʻlgan ehtiyoj shunchalik ortib ketdiki, shisha puflagich mashinani yaratish uchun ancha urinishlardan soʻng nihoyat 1903-yilda u ixtiro qilindi. Mashina bitta butilkaga yetarli miqdordagi shishani puflash uchun vakuumdan foydalanadi. Dastlab shishaning ogʻzi hosil qilinadi. Keyin siqilgan havo berilib, shisha toʻliq puflab shishiriladi. Shundan soʻng shisha avtomatik ravishda qizdiriladi, toblanadi va mustahkam boʻlishi uchun sekin sovutiladi.

Bunday mashina bir soat ichida 6 kishi qoʻlda, bir kunda yasaydigan shishalarga qaraganda koʻproq mahsulot ishlab chiqarishga qodir. Keyinchalik lampochkalarni avtomatik ravishda puflaydigan yana bir mashina yaratildi va bu elektr nuridan kengroq foydalanish imkonini berdi. Butilka, banka, koʻza, stakan va boshqa shisha idishlarning aksariyati mashina yordamida ishlab chiqariladi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!