Dinozavrlarning ko‘rinishi qanday bo‘lgan? Buni bilish mumkinmi?

Olimlarning taʼkidlashicha, dinozavrlar Yerda 150 million yil oldin paydo boʻlib, taxminan 60 million yil oldin qirilib ketgan. Shunday qilib, ular sayyorada mavjud boʻlgan aksariyat turlar — it, quyon, ot, maymun va fillar paydo boʻlishidan ancha oldin yashagan, odam haqida esa gapirmasa ham boʻladi. Unda bu ulkan yashcherlar (asosan Afrika va Janubiy Osiyoda boʻladigan, kaltakesakka oʻxshagan yirik sutemizuvchi hayvon) haqidagi ma’lumotlarni qayerdan bilish mumkin? Dinozavrlar haqidagi barcha bilimlarimizning manbai faqat bitta — toshqotgan qoldiqlar. Biz hayvonlarning tashqi koʻrinishi va tuzilishini ularning qoldiqlariga qarab baholaymiz. Bu toshqotgan qoldiqlar turli xil boʻlishi mumkin.

Koʻproq tananing qattiq qismlari — suyak, tish va tirnoqlarning toshga aylangan qoldiqlari uchraydi. Olimlar ularni oʻrganib chiqib, uzoq va mashaqqatli mehnat natijasida dinozavr tanasini asl shaklida tiklashga muvaffaq boʻladi. Baʼzida olimlarda katta qiziqish uygʻotadigan teri va paylarning toshqotgan boʻlaklari topiladi. Hayvonlarning oyoq va dumining qum yoki loyda qoldirgan, toshga aylangan izlari ham uchraydi. Bu izlar orqali dinozavrlarning ikki yoki toʻrtta oyoqda harakatlanganini aniqlash mumkin.

Dinozavr tuxumlari eng noyob toshqotgan qoldiq hisoblanadi. Koʻrib turganingizdek, bizda qadimgi dahshatli yashcherlarning kattaligi va koʻrinishi, ularning odat va turmush tarzini aniqlashga yordam beradigan usullar mavjud. Shunday qilib, biz 20 metrli brontozavr botqoqda yashagani va faqat oʻsimliklar bilan oziqlanganini bilamiz. Shuningdek, oʻtkir tish va kuchli tirnoqlarga ega boʻlgan boshqa dinozavr — allozavr brontozavr va boshqa oʻtxoʻr yashcherlar bilan oziqlanganidan ham xabardormiz. Olimlar buni brontozavrning singan va qattiq tirnalgan suyaklari orasida topilgan allozavrning toshqotgan tishi orqali bilib oldi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!