20.02.2024
Koʻpchiligimiz uchun barcha ilonlar bir xil. Ular oʻrtasida farqlar borligi haqida eshitganmiz, lekin ular qanchalik katta ekanini bilmaymiz. Bunday farqlardan biri shundaki, ilonlarning har xil turi turlicha koʻpayadi. Aytaylik, shaqildoqilon, misbosh, suvilon tuxum qoʻymaydi, balki tirik bola tugʻadi.
Bir martada 75 tagacha bola tugʻishi mumkin boʻlgan ilonlar maʼlum. Boshqa ilonlar esa tuxum qoʻyadi. Odatda ularni pana joy, tosh, xodalar osti yoki toʻnka kovaklariga qoʻyadi. Ilon tuxumi tovuqnikidan biroz farq qiladi: u kichikroq va uzunchoqroq boʻladi. Katta ilonlarning tuxumi oʻlchami tovuq tuxumidan qolishmasligi mumkin. Ilon tuxumining qobigʻi yetarlicha mustahkam boʻlib, pardapoʻstni eslatadi. Qoʻyilgan tuxumlar soni ilon turiga koʻra farq qiladi.
Aftidan, eng koʻp tuxumni piton qoʻyadi. Hind pitoni bir marotabada 107 tagacha tuxum qoʻyishi mumkin. Tuxumlar odatda quyoshosti yoki chiriyotgan oʻsimliklardan chiqadigan issiqda yotadi. Ba’zida ilonlar tuxumini atrofiga halqa shaklida oʻralib, qoʻriqlaydi. Ammo u 100 donagacha tuxum qoʻyganida, tugʻiladigan naslga kim ham gʻamxoʻrlik qilar edi? Hech kim! Barcha kichik ilonlar tugʻilgan paytidan boshlab oʻziga oʻzi gʻamxoʻrlik qilishga qodir bo‘ladi.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.