Dengiz cho‘chqasi nima?

Dengiz choʻchqasining biz biladigan choʻchqa bilan hech qanday aloqasi yoʻq, u quyonlarga “qarindosh”. Boshqacha qilib aytganda, dengiz choʻchqasi haqiqiy kemiruvchi boʻlib, u qadimgi inklar tomonidan Peru, Ekvador va Kolumbiya hududida ispan konkistadorlari Yangi dunyoga kelishidan ancha oldin yetishtirilgan. Hindular ularni isteʼmol qilgan va oʻta tansiq taom deb hisoblagan. Qisqacha aytganda, Amerika kashf etilgach, dengiz choʻchqalari Yevropaga ham xuddi shu maqsadda olib borilgan.

Hozirgi kunda dengiz choʻchqalarini faqat Peruda yashovchi ayrim qabilalar isteʼmol qiladi. Ammo ular butun dunyoda uy hayvoni sifatida keng tarqalgan. Dengiz choʻchqalarining uzunligi 25 sm ga yetadi, vazni esa taxminan 1 kg ni tashkil qiladi. Ularning dumi va kichik dumaloq quloqchalarida tuk qoplamasi yoʻq. Dengiz choʻchqalarining old panjalarida toʻrtta, orqa panjalarida esa faqat uchta barmoq bor. Barcha barmoq keng tirnoqlar bilan tugaydi. Dengiz choʻchqalari asosan oʻsimliklar bilan ovqatlanadi. Ovqatlanish paytida ular orqa oyoqlarida oʻtiradi. Yovvoyi tabiatda dengiz choʻchqalari uyalarda yashaydi va qorongʻi tushganda yoki bulutli kunlarda oziqlanadi. Yashash muhitida yetarlicha oʻsimliklar boʻlganda, dengiz choʻchqalari uzoq vaqt suvsiz qanoatlanishi mumkin. Tutqunlikda ular uy quyoni va kalamushlar yegan ovqat bilan oziqlanishi mumkin, ammo bu holda ular suvga muhtoj boʻladi.

Dengiz choʻchqalari yiliga ikki yoki uch marotaba, har safar ikkitadan uchtagacha bolalashi mumkin. Yangi tugʻilgan bola tugʻilganidan bir necha soat oʻtiboq yugurishi mumkin. Dengiz choʻchqalarini parvarish qilish juda oson va ular uy sharoitida 8 yilgacha yashaydi. Hayvonot doʻkonlari odatda rangi va junining uzunligi turli xil boʻlgan, xilma-xil dengiz choʻchqalarini taklif qiladi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!