20.02.2024
Eng katta kit bir vaqtning oʻzida dunyodagi eng katta hayvon hamdir. Bu koʻk kit boʻlib, uning uzunligi 30 metrdan oshishi mumkin, vazni esa 125 tonnaga yetadi. Uni istalgan dengizda, koʻpincha Tinch okeanida uchratish mumkin. U tishsiz (boshqa guruh tishli kitlar deb ataladi) kitlar guruhiga kiradi. Dunyodagi eng katta jonivor tishsiz ekanini tasavvur qilish juda qiyin.
Ularsiz kitlar qanday hayot kechiradi? Kitlarning ogʻzida kit moʻylovi deb ataladigan yuzlab muguz plastinkalardan iborat moslama mavjud. Ular tanglayda (ogʻizning yuqori qismida) oʻsadi va elakka oʻxshash narsani hosil qiladi. Kit quyidagicha oziqlanadi: ogʻzini keng ochgan holda, asosan mayda mollyuska, qisqichbaqa va baliqlardan iborat oʻlja toʻplangan joy orqali tez suzib oʻtadi. Soʻngra ogʻzini yopib, undagi suvni kuch bilan chiqarib yuboradi. Suv kit moʻylovi orqali suzgichdan oʻtib chiqib ketadi, oʻlja esa qoladi. Kitning ogʻzi ulkan sigʻimga oʻxshaydi. Uning boshi uzunligi tana uzunligining uchdan bir qismini tashkil qiladi.
Tishli kitlar orasida eng kattasi — kashalot. Kashalotning katta boshi uzunligi 20 metrga yetadi. Kasatka yoki qotil kit (aslida bu katta delfin) — boshqa issiqqon hayvonlar bilan oziqlanadigan kitsimonlarning yagona vakili. Kasatkaning uzunligi taxminan 9 metrni tashkil qiladi va tyulenlarni osongina quvib yetadi. Qotil kitlarning suruvlari hatto katta kitlarga ham hujum qiladi. Kitlar suvda yashagani va baliq shaklidagi tanaga ega boʻlgani tufayli biz ularni koʻpincha baliq bilan taqqoslaymiz. Ammo ular skelet tuzilishi, qon aylanish tizimi va miyasi bilan umuman baliqqa oʻxshamaydi.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.