Pashshalar qanday paydo bo‘ladi?

Pashshalar yuqumli kasalliklar tashuvchisi ekani hammaga maʼlum. Pashsha chiqindi va bakteriyalar rivojlanishi uchun qulay boʻlgan joylar yaqinida tugʻilib, umrining koʻp qismini oʻsha joyda oʻtkazadi. Darhaqiqat, parchalanayotgan bu nam materiya pashshalarning koʻpayishi uchun eng maqbul joydir. Bu yerda urgʻochi pashsha oq rangdagi tuxumlarni (oʻlchami taxminan 1,2 mm) qoʻyadi va ulardan ingichka, chuvalchangsimon, oyoqsiz lichinkalar paydo boʻladi. Bu pashsha hayotining oziqlanish bosqichidir. Besh yoki olti kundan soʻng lichinkaning terisi qalinlashib, jigarrang tusga kiradi va pashshaning hayoti dam olish bosqichiga oʻtadi: lichinka pillaga aylanadi.

Yana 5—6 kundan keyin pilla qobigʻidan voyaga yetgan pashsha chiqib keladi. Keyinchalik  bu pashshaning oʻlchami oʻzgarmaydi: pashshalar oʻsmaydi. Yana 10 kundan soʻng pashsha juftlashadi va biroz oʻtib urgʻochi pashsha 100 tadan 150 tagacha tuxum qoʻyadi. Pashshaning hamma turi ham uy pashshasi kabi koʻpaymaydi.

Baʼzilari tuxumlarni oʻzida olib yurib, tirik lichinkalar tugʻadi. Ayrim turlari esa pilla bosqichiga oʻtgan tuxumlar qoʻyadi. Pashshalar kasalliklarni tarqatgani tufayli odam doim ular bilan kurashadi. Pashshalarni qishda yoki erta bahorda oʻldirish maʼquldir. Bunday sovuq havoda chivinlar qorongʻi, iliq burchaklarda yashirinadi va juda och boʻladi. Shuning uchun ham ularni ushlash va oʻldirish oson.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!