20.02.2024
Hamma ham evolyutsiya nazariyasiga qoʻshilmaydi, ammo uning tarafdorlari fikriga koʻra, hayvonot olami hayoti (shu jumladan, baliq, qush va hasharotlar) yerda 500 million yil oldin, yer yuzasi sovib, okeanlar yuzaga kelganidan keyin paydo boʻlgan. Aksariyat olimlar hayot avval okeanda, quruqlikda esa 160 million yil oʻtgachgina paydo boʻlgan deb hisoblaydi. Keyin quruqlikka baliqqa oʻxshash gʻalati jonzotlar chiqa boshlagan. Mazkur hayvonlarning oyog‘i boʻlmagani tufayli dastlab ularning harakatlari juda beso‘naqay boʻlgan. Ular uzoq vaqt davomida oyoq oʻrniga suzgichlarini ishlatishga majbur boʻlgan. Faqat ancha avlodlar oʻtibgina, ularning suzgichlari oyoqqa aylangan.
Bu oʻzgarishlar sodir boʻlayotgan davrda ular tuxumlarini suvga qoʻyishda davom etgan va yosh avlod suvda dunyoga kelgan. Ajdodlari baliqqa oʻxshash boʻlgan bu jonzotlar asta-sekin yurishni oʻrganib, suvga qoʻyilgan tuxumlardan dunyoga kelgan va hayotining bir qismini quruqlikda oʻtkazadigan, sovuqqon hayvonlarga aylangan.
Birmuncha vaqt oʻtgach, ham suvda, ham quruqlikda yashovchilarning baʼzilari suvga tuxum qoʻyishni toʻxtatgan. Bu sodir boʻlganda ular sudralib yuruvchilarga (quruqlikda tuxum qoʻyib koʻpayadigan sovuqqon hayvonlar) aylangan. Ayrim sudralib yuruvchilarning tanasida patlar paydo boʻlib, ular old oyoq qanotga aylanganiga qadar, yer yuzida 100 million yildan koʻproq vaqt davomida yashagan. Qanchadir vaqtdan soʻng ular uchishni oʻrgangan va shu tariqa qushlar paydo boʻlgan.
Sudralib yuruvchilarning boshqa turlari tuxum qoʻyishni toʻxtatib, bolalarini tugʻadigan sutemizuvchilarga oʻxshash hayvonlarga aylangan. Bundan tashqari, ular issiqqon boʻlib, keyinchalik haqiqiy sutemizuvchilar darajasiga koʻtarilgan.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.