20.02.2024
Agar baliq oviga borgan boʻlsangiz, xoʻrak sifatida har xil narsa ishlatilishini koʻrgandirsiz. Shahar bolalari baliqni koʻpincha qarmoqqa ilingan non bilan tutadi. Qishloq bolalari esa bu maqsadda chuvalchangdan foydalanadi. Forel ovlovchilar baliq ovida mayda pashsha ishlatadi. Ayrim baliqlarning esa qarmoqqa ilingan boshqa baliqni koʻrib ishtahasi ochiladi. Minglab baliq turi boʻlgani tufayli ular yeydigan barcha narsani ham tasvirlab boʻlmaydi. Ammo suvostida hayot uchun kurash shu qadar keskinki, baliqlar ovqatni tanlamaslikka odatlangan.
Ba’zi baliqlar “vegetarian” boʻlib, hech bir tirik mavjudotni yemaydi, ammo ularning aksariyati — yirtqich, yaʼni boshqa baliq yoki dengiz hayvoni va hasharotlarini yeydi. Qizigʻi, baliqlarning koʻpchiligi mayda qisqichbaqasimon yoki chigʻanoqli hayvonlarni bajonidil paqqos tushiradi. Baliqlarning turlicha boʻlishiga qaramay, ularning bir nechta umumiy jihatlari bor. Masalan, baliqlar tanasi koʻpincha suvda tez harakatlanish imkonini beradigan choʻziq, uchi oʻtkir shaklga ega.
Aksariyat baliqlar dumini harakatlantiruvchi vosita sifatida ishlatib, harakatlarini dum va suzgichlari yordamida boshqaradi. Ular ogʻiz orqali doimiy ravishda keladigan, suv oʻtib turadigan oyquloq yordamida nafas oladi.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.