Kentavrlar nima?
Kentavrlar ko'rinishi qanday bo'lgan?
2 min
Bu nima?

Yuz yillar oldin yashab, hayotingizda biror marta ot koʻrmaganingizni tasavvur qilib koʻring. Toʻsatdan ariq va toʻsiqlardan osongina sakrab oʻtayotgan yoki tekislik boʻylab yelib yuguradigan, otiga goʻyo yopishib ketganga oʻxshash chavandozga koʻzingiz tushadi. Xayolingizdan odam va ot bitta mavjudot degan fikr oʻtishi mumkin. Ispan chavandozlarini birinchi marta koʻrgan ayrim hindular ham shunday deb oʻylagan.

Qadimda Yunonistonning Fessaliya togʻlarida yovvoyi buqalarni minib, ov qiladigan odamlar yashagan. Ular shu qadar mohir chavandoz boʻlganki, atrofdagi hududlarning aholisi qoʻshnilarini gʻalati mavjudotlar — yarim odam va yarim ot ekaniga chin dildan ishona boshlagan. Kentavrlar haqidagi afsona shu yerdan kelib chiqqan. Yunon mifologiyasidagi kentavrlar Fessaliya va Arkadiya togʻlarida yashaydigan aynan shunday “odam-ot” boʻlgan. Ular erkin va yovvoyi hayot kechirgani uchun buyuk qadimgi yunon shoiri Gomer ularni “yovvoyi hayvonlar” deb atagan. Yunon afsonalarining qahramonlari bilan har doim ajoyib, hayajonli sarguzashtlar sodir boʻlgan va kentavrlar ham bundan istisno emasdi.

Hikoyalardan birida shoh Pirifoy haqida soʻz boradi. Podshoh Deydamiya ismli qiz bilan oʻz toʻyini nishonlayotgan boʻlgan. Tadbir oʻrtasida mast kentavr Evrition kelinni oʻgʻirlamoqchi boʻlgan. Natijada shoh jangchilari va kentavrlar oʻrtasida jang boshlanib, unda oxirgilari magʻlubiyatga uchragan. Shuni taʼkidlash kerakki, yunon afsonalarida kentavrlar koʻpincha oʻzini shunday tutgan. Keyingi davrlardagi haykal va rasmlarda kentavrlar sharob maʼbudi Dionisning aravasiga qoʻshilgan yoki sevgi maʼbudi Erosni koʻtarib yurgan holatda tasvirlangan.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!