Nega hayvonlar tuzni yoqtiradi?

Odamlarda ham, hayvonlarda ham shoʻr ovqatlarga boʻlgan ishtiyoq jonli tabiatning eng qiziqarli sirlaridan biridir. Biz insonning ming yillar davomida tuzni qadrlagani va uni ovqat tayyorlash uchun ishlatganini bilamiz. Qadimgi Meksikada tuz shu qadar muhim mahsulot hisoblanganki, har yili tuz maʼbudiga goʻzal qiz qurbon qilingan.

Bugungi kunda muayyan muddat tuzsiz ovqat isteʼmol qilgan qamoqxonadagi mahbus uning yetishmasligi tufayli aqldan ozishni boshlagani haqida misollar bor. Tanamizda aylanadigan suyuqlik tuz eritmasidir. Tanamiz turli yoʻllar bilan oʻzidan maʼlum miqdordagi namlikni chiqargani bois, u bilan birga organizm tuzni ham yoʻqotadi. Albatta, bu yoʻqotishlar qoplanishi kerak. Yerdagi tuz zaxiralari shunday taqsimlanganki, uning katta miqdori okean suvida boʻlib, quruqlikda esa uning zaxiralari nisbatan kam.

Oʻsimliklarda tuz oz miqdorda mavjud, tuproqdan esa u yomgʻir bilan daryo, soʻngra dengiz va okeanlarga yuvib ketiladi. Quruqlikdagi hayvonlar bir vaqtlar dengizda yashovchi jonzotlardan kelib chiqqan. Ularning tanasidagi suyuqliklar tarkibiga koʻra ajdodlarinikiga va dengiz suviga oʻxshaydi. Yetarli miqdordagi tuzni na oʻsimliklar, na tuproq yetkazib berolmagani tufayli ular har qanday shoʻr ovqatga jon-jahdi bilan tashlanadi. Faqat etxoʻr hayvonlar, yaʼni boshqa hayvonlarni isteʼmol qiladiganlar shoʻr ovqatga unchalik ishtiyoq sezmaydi: ular tuzni qurbonlarining goʻshti bilan birga oladi. Koʻpchilik oʻtxoʻrlar esa tuzni juda yoqtiradi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!