20.02.2024
Odamlar echki deyarli hamma narsani yeydi deb oʻylaydi. Chindan ham shunday! Instinkt echkilarni zarar yetkazishi mumkin boʻlgan narsalarni yeyishdan asraydi, ammo shunga qaramay, echki boshqa hayvonlar bosh tortgan narsalarni ham yeyishga harakat qiladi. Buning sababi esa boshqa uy hayvonlariga qaraganda echkilarga kamroq ovqat qolishida boʻlsa kerak…
Echki barcha uy hayvonlari orasida eng optimisti hisoblanadi. Yaxshi boqilmagani uchun u mazali boʻlsa kerak degan umidda hamma narsani yeyishga harakat qiladi. U eng foydali hayvonlardan biridir.
Qadim zamonlardan beri echki odamni shifobaxsh sut va munosib goʻsht bilan taʼminlab kelgan, uning terisidan foydalanilgan, junidan yumshoq va issiq kiyimlar toʻqilgan. Ammo bu qadar foydali boʻlishiga qaramay, echki juda ahamiyatsiz “obroʻ”ga ega. Bunga esa uning yomon feʼl-atvori va badboʻy hidi (ayniqsa erkak echkilarning) sabab boʻlgan. Echki odamga boshqa hayvonlarga qaraganda koʻproq narsa bergan. Masalan, echki suti sigir sutiga nisbatan ancha foydali hisoblanib, yaxshiroq oʻzlashtirilgani uchun odatda bolalar va nogironlarga beriladi. Ayrim echkilar goʻshti uchun, boshqalari esa layka (mayin teri) va saxtiyon teri ishlab chiqarish uchun yetishtiriladi. Angor va kashmir kabi boshqa echkilar esa jun olish uchun koʻpaytiriladi.
Echkilar ilk bor Forsda xonakilashtirilgan deb hisoblanadi, ammo hozir ular butun dunyo boʻylab koʻpaytiriladi. Yevropa va Osiyoda yovvoyi echkilarning 10 ga yaqin zoti topilgan. Ular togʻlarda yashashni afzal koʻradigan, harakanchan hayvonlardir.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.