Fil sichqondan qo‘rqadimi?
Fil sichqondan qo'rqadimi?
< 1 min
Hayvonot olami

Katta boʻlishiga qaramay, filning kichkina sichqondan qoʻrqishi mumkinligi bizni hayratlantiradi. Odamlar sichqon filning xartumiga kirib ketishi va u boʻgʻilib qolishi mumkin deb oʻylaydi. Aslida fil sichqondan mutlaqo qoʻrqmaydi.

Koʻpincha hayvonot bogʻidagi fillar turgan katakda chopib yurgan sichqonlarni va ularga umuman eʼtibor bermayotgan pahlavonni kuzatish mumkin. Har qanday hidni ajrata olish qobiliyatiga ega filni sichqonlar borligidan bexabar deb boʻlmaydi. Agar sichqon jasorat bilan xartumga kirib olganda ham fil shunchaki oʻpkasini havo bilan toʻldirib, sichqonga “oʻt ochishi” mumkin.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!