20.02.2024
Odatda hayvonlarni koʻrganda unchalik ham ajablanmaymiz. Ammo jirafani koʻrib, beixtiyor uning tashqi ko‘rinishida qandaydir oʻziga xoslik borligini his qilamiz. Ehtimol, buning sababi uning uzundan uzun boʻynidir. Jirafa yer yuzidagi eng baland hayvon boʻlib, boʻyi koʻpincha 5,5 metrga yetadi. Jirafaning oyog‘i ham juda chaqqon. Oyoq uzunligi bir xil boʻlsa-da, boʻyinostida rivojlangan mushaklari tufayli jirafaning umurtqasi koʻkragidan dumi tarafga qarab egilgandek tuyuladi. Qop-qora va muloyim koʻzi hamda kichik, ensiz boshi bu ulkan hayvonni yoqimtoy qilib koʻrsatadi. Jirafaning katta qulog‘i eng past shitirlashga ham sezgir boʻlib, bu sezgir hid bilish qobiliyati bilan birga yaqinlashib kelayotgan xavfni aniqlash uchun juda muhimdir.
Jirafaning gʻayrioddiy uzun tilining uzunligi baʼzida 46 sm ga yetadi, ammo shunga qaramay, jirafa uni shu qadar mohirlik bilan ishlatadiki, hatto jarohatlanmay tikanli oʻsimliklarning mayda barglarini yulib olishga qodir. Harakatlanayotgan jirafa oyog‘ini sudrab, arang yurganga oʻxshaydi. Shunga qaramay, taʼqib qilinayotgan jirafa tezligini soatiga 50 km dan oshirib, eng tezkor otni ham ortda qoldirishi mumkin. Beozor xarakterga ega boʻlgan jirafa toʻqnashuvda zarurat tugʻilganida orqa tuyoqlari bilan tepib, boshidan bosqon sifatida foydalangancha juda xavfli boʻlishi mumkin. Hatto sher ham jirafani ovlashda juda ehtiyot boʻlishga harakat qiladi.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.