20.02.2024
Aksariyat odamlar oʻrgimchaklar ipakdan faqat toʻr toʻqish uchun foydalanadi deb hisoblaydi. Aslida kamdan kam holda biror jonzot ipakdan bunchalik keng foydalanadi, chunki oʻrgimchak undan uya yasaydi, “hayot chiziqlari”, “gʻavvos qoʻngʻirogʻi”, “aeroplan”, kamand (hayvonlarni tutish uchun tashlanadigan sirtmoqli arqon), elastik tuzoq va hammaga tanish koʻrinishdagi toʻrlar toʻqiydi. Oʻrgimchaklar hasharot emas, balki oʻrgimchaksimonlar sinfiga kiradi.
Hasharotlardan farqli oʻlaroq, ularning sakkizta oyogʻi, aksariyat hollarda sakkizta koʻzi boʻlib, qanoti yoʻq va tanasi ikki qismdan iborat. Oʻrgimchaklar deyarli har qanday iqlim sharoitida uchraydi. Ular yerda yugurib yurishi, daraxtlarga chiqishi va hatto suvda ham yashashi mumkin. Oʻrgimchak ipakni qornida joylashgan bezlar yordamida ishlab chiqaradi. Ushbu hasharot oshqozonining oxirida esa ichida ipak oʻtadigan, koʻplab teshiklarga ega, aylanadigan aʼzolar mavjud. Ipak tashqariga suyuq holda chiqadi, ammo havo bilan aloqaga kirishgan zahoti qotadi.
Oʻrgimchak hasharotlar ilinishi kerak boʻlgan toʻr uchun yopishqoq, toʻr pogʻonalari uchun mustahkam va yopishqoq boʻlmagan, pilla uchun maxsus ipak kabi har xil turdagi ipaklarni ishlab chiqaradi. Hatto oʻrgimchaklar tomonidan toʻqiladigan toʻrlar ham turlicha shakllarda boʻladi. Eng keng tarqalgani — dumaloq toʻr, lekin kvadrat shakldagi, tekis va oʻrama yoki gumbaz shaklidagi toʻrlar ham boʻladi. Qopqoqli toʻrlar ham boʻladi, shuningdek, ayrim oʻrgimchaklar oʻljasi qochib ketmasligi uchun butunlay suvostida joylashgan uyasini qoʻngʻiroq shaklida quradi.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.