Qorong‘ida hayvonlarning ko‘zi nega yaltiraydi?

Tunda ketayotib, hayvonlarning qorongʻilikda yaltirab turgan koʻzini ko‘pchilik koʻrgan. Shuning uchun hayvon koʻzi oʻz-oʻzidan nur sochadi, deb taxmin qilinishi tabiiy. Aslida bu boshqa manba, masalan, avtomobil chirogʻi yoki chaqnashdan keladigan yorugʻlikning koʻzdan aks etishidir.

Yorugʻlikning aks etishi koʻplab hayvonlarning koʻzida mavjud boʻlgan kristalli moddalar qatlami tufayli sodir boʻladi. Bu modda yorugʻlikni aks ettirish qobiliyatiga ega. Inson koʻzida u deyarli yoʻq. Shuningdek, aks ettiruvchi qatlam hayvonlarga qorongʻida odamga nisbatan yaxshiroq koʻrishga yordam beradi. Hayvon koʻzining “yaltiroq” rangi undagi qon tomirlari soniga bogʻliq. Tomirlar koʻp boʻlgan hayvonning koʻzi qizil rangda porlaydi, kamroq boʻlganida esa aks etish rangi ochroq boʻladi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!