20.02.2024
It oilada barchaning sevimli, sodiq doʻsti. U biz bilan uyda, sayrda birga boʻlgani tufayli itlarning bizdan farqli ravishda, dunyoni boshqacha koʻrishini, ranglarni farqlamasligini tasavvur qilish juda qiyin. Itni ranglarni farqlashga oʻrgatish mumkinligi xususida koʻplab tajribalar oʻtkazilgan. Odatda tajribada ovqat ishlatilgan. Muayyan rang ovqatlanish uchun signalni anglatgan, qolganlari esa yoʻq. Ammo it biron marta ham bir rangni boshqasidan ajrata olmagan. Turli xil narsalarni farqlash uchun itlar oʻzining noyob sezgilariga tayanadi.
Xoʻsh, mushuklar-chi? Ular bilan ham shunga oʻxshash tajribalar oʻtkazilganda, mushuklarning ham itlar singari ranglarni ajrata olmasligi aniqlangan. Maʼlum boʻlishicha, mushuk hamma narsani kulrang tusda koʻradi. Xoʻsh, dunyoda ranglarni ajrata oladigan hayvon bormi? Tajribalar shuni koʻrsatdiki, odamdan tashqari ranglarni ajrata oladigan yagona mavjudot maymun bo‘lib, u ortida ovqat yashirilgan maʼlum bir rangdagi eshikni ochishga oʻrgatilgan. Aslida, hayvonlarning rangkoʻrmasligi tabiiydir.
Yovvoyi hayvonlarning aksariyati kechqurun va tunda, barcha ranglar gʻira-shira koʻringanda ov qiladi. Bundan tashqari, koʻplab hayvonlarning terisi monoton rangga ega. Shuning uchun hayvonlar uchun ranglarni farqlash qobiliyati unchalik muhim emas. Aksariyat hayvonlarning sezgi qobiliyatlari shu darajada rivojlanganki, ular o‘z dunyosida ushbu sezgilardan unumli foydalanishi mumkin.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.