Hamma mushuklar xurullaydimi?

Biror mazali narsaning hidini sezganda yoki shunchaki oʻzimizni yaxshi his qilganimizda, baʼzida “M-m-m!..” deb gʻoʻldirab qoʻyamiz. Mushuk esa mamnunligini bildirishni istaganida xurullaydi. Xurullash tovush paychalarining tebranishi natijasida paydo boʻladi. Oʻpkaga to‘ldirilgan havo tovush paychalari orqali oʻtadi.

Shunday qilib, mushuk istagan vaqtida tovush paychalarining havo bosimi ostida tebrantira oladi. Mushuk xurullashni xohlamaganida esa tovush paychalarini ishlatmaydi. Albatta, bu hayvon haqida gapirganda, biz odatda uy mushugini nazarda tutamiz. Ammo mushuksimonlar oilasining boshqa koʻp vakillari ham bor. Yoʻlbars, sher, leopard, yaguar, kuguar, otselot (Janubiy Amerikada yashaydigan yirik yovvoyi mushuk) va silovsinlar ham mushuksimonlar oilasiga mansub ekanini bilasizmi? Turli xil tovushlar chiqarishga kelsak, uy mushugi xurullashdan tashqari miyovlashi, uvullashi va qichqirishi mumkin.

Mushuklarning boshqa turlari esa oʻzgacha tovushlar chiqaradi. Sher va yoʻlbars oʻkirishi mumkin. Yaguar va leopard baland tovushli yoʻtal yoki oʻkirishga oʻxshash ovoz chiqaradi. Ammo eng qizigʻi shundaki, baʼzi tomoq suyaklarining boshqacha tuzilishi tufayli sher, yoʻlbars, yaguar va hatto leopard ham miyovlay olmaydi. Ammo barcha mushuksimonlar oʻlchamlaridan qat’iy nazar, bir xil tana nisbatlariga ega. Mushukning fotosuratini kattalashtirib, uning yoʻlbarsga juda oʻxshashligini koʻrish mumkin.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!