Vazirlar Mahkamasi nima?
Britaniyada qirolning qanday davlat boshqaruvidagi roli.
2 min
Bu nima?

Britaniya parlamentining quyi palatasida muhim masala muhokama qilinganda, barcha eʼtibor spikerning oʻng tomonidagi oʻrindiqlarning oldingi qatorini egallagan bir guruh odamlarga qaratiladi. Bu odamlar biron-bir masalada hukumat siyosati bilan bogʻliq takliflarni kiritadigan, ayni paytda davlatni boshqarayotgan partiya vakillaridir.

Vazirlar Mahkamasi taʼrifi (Buyuk Britaniyada u shunchaki “kabinet” deb ataladi) Valter Boyntxot tomonidan berilgan: kabinet bu — hokimiyatning qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi sohalarini bogʻlaydigan boʻgʻin. Kabinet hukumat faoliyati uchun jamoaviy javobgarlikni oʻz zimmasiga olgan Bosh vazir va vazirlar guruhidan iborat. Aslini olganda, u hukmron partiyaning rahbarlik qiluvchi yadrosidir. 1937-yilda qabul qilingan qonunga binoan, Britaniya kabineti 17 nafar vazirdan iborat va koʻpi bilan ularning 15 nafari parlamentning quyi palatasi vakili boʻlishi mumkin.

Zamonaviy boshqaruv tizimida mamlakatni boshqarishda asosiy ahamiyatni avvalgidek monarx emas, balki Bosh vazir boshchiligidagi kabinet kasb etadi. Qirol davlatning faqat rasmiy rahbari boʻlib, u vazirlarning roziligisiz mustaqil ravishda jiddiy qarorlar qabul qila olmaydi. Britaniyaning hukumat parlamenti (kabineti) oldida masʼul tizimi Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya va koʻplab Yevropa mamlakatlarida qabul qilingan.

Qoʻshma Shtatlarda oʻn ikkita vazirlik mavjud boʻlib, ularning har biri senat roziligi bilan Prezident tomonidan tayinlangan kotib (vazir) tomonidan boshqariladi. Ular oʻz ishi uchun asosan Prezident oldida masʼuldir, u istalganini tayinlashi yoki lavozimidan chetlatishi mumkin, ammo buning uchun senatning qoʻllab-quvvatlovi talab qilinadi. Bunday holda, vazirlar (kotiblar) Prezidentning oʻz vakolati doirasiga kiradigan masalalar boʻyicha maslahatchisi vazifasini bajaradi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!