20.02.2024
Qadimgi odamlarning urf-odatlari va hayotini oʻrganish uchun odatda qazish yoki boshqa qidiruv ishlarini olib borishga toʻgʻri keladi. Biroq baʼzi hollarda buning aksi boʻladi: ajdodlarimiz faoliyatining izlari bizning koʻz oʻngimizda, uni kim qurganini yoki qaysi maqsadda foydalanganini biz tushuntira olmaydigan, bu esa toshdan yasalgan butun bir inshoot koʻrinishida boʻlishi ham mumkin. Stounxenj bunga misol boʻla oladi. Bu tuproqli istehkomlar bilan oʻralgan va aylana boʻylab vertikal ravishda joylashtirilgan katta tosh plitalardan iborat inshootdir. U Angliyaning janubidagi Solsberi shahri yaqinida joylashgan.
Stounxenj haqida bizgacha yetib kelgan birinchi bitik 1136-yilga oid boʻlib, unga koʻra, toshlar kelt afsonalari qahramoni — Merlin tomonidan sehr yordamida Irlandiyadan ushbu joyga koʻchirilgan. Biroq bu shunchaki goʻzal afsona ekaniga hech shubha yoʻq. Stounxenj qadimgi Britaniyada xristianlikkacha boʻlgan dinlarning ruhoniylari boʻlgan druidlar qoʻli bilan qurilgan degan fikr keyingi farazlarga kiradi. Ammo bu nazariyani tasdiqlovchi hech qanday dalillar topilmadi.
Bir qarashda sodda koʻrinadigan Stounxenj aslida oddiy tuzilishga ega emas. Tashqi tomondan u xandaq bilan oʻralgan boʻlib, unda oʻtish uchun kichik joy qoldirilgan. Xandaqdan keyin tuproqli tepalik keladi va uning ichida 56 ta chuqurchadan iborat halqa bor. Uning markazida ikkita aylana va ikkita yarim aylana shaklida, vertikal ravishda joylashgan toshlar mavjud. Keyinchalik tosh binoning oʻzi joylashgan boʻlib, u vertikal turgan bloklardan tashkil topgan ikkita doira va ikkita yarim doira shaklida boʻladi. Bundan tashqari, ular orasida Mehrob toshi, Jonsiz tosh va boshqalar ham bor.
Qazish ishlari olib borilgan chuqurliklarning koʻpchiligida odamlarning krematsiya (murdani maxsus pechda kuydirish) qilingan qoldiqlari topilgan. Ularni oʻrganish, shuningdek, topilgan idishlar va radiouglerod usuli bilan olib borilgan tadqiqotlar asosida olingan maʼlumotlarga koʻra, Stounxenjning baʼzi qismlar qurilishi u yoki bu yomonga 275-yil xatolik bilan miloddan avvalgi 1848 yilga tegishli. Stounxenj qismlari shunday joylashganki, masalan, yoz kunlarida koʻtarilayotgan quyosh plitalar orasidagi maʼlum bir oraliqda koʻrinadi.
Olimlar Stounxenj eng qadimgi rasadxona degan fikr tarafdori. Lekin ulkan tosh plitalar uzoqdan qanday qilib olib kelingani va katta aniqlik bilan, maʼlum bir tarzda oʻrnatilgani haqidagi savolga hali ham javob topilmadi. Shunday qilib, yoshi taxminan 4000 yil boʻlgan Stounxenj ochiq holda turganiga qaramay, hali ham qiziqarli jumboq hisoblanadi.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.