Nega kanniballar odam yeydi?

Biz uchun kannibalizm jirkanishsiz oʻylab boʻlmaydigan narsaga oʻxshaydi. Ammo bizga hali ham inson goʻshtini isteʼmol qiladigan odamlar va hatto butun boshli ibtidoiy qabilalar maʼlum. Avvalo shuni yodda tutish kerakki, kanniballar odam go‘shtini juda xush koʻrgani uchun isteʼmol qilmaydi, buni odamxoʻrlik muqaddas marosimning bir qismi, diniy burchning bir turi boʻlgani uchun qiladi. Masalan, qadimda sharqiy Hindistonda yashagan baʼzi xalqlar orasida hurmat va ehtirom belgisi sifatida oʻz ota-onasini yeyish odat tusiga kirgan.

Koʻpgina yovvoyi qabilalarda odam iste’mol qilayotgan narsasining ruhi unga oʻtadi degan eʼtiqod keng tarqalgan. Masalan, sher goʻshtini isteʼmol qilgan kishi sheryurakka aylanadi, kiyikni yegan u kabi chopqir boʻladi, tulki goʻshtini tanovul qilgan esa  bu hayvon kabi ayyor boʻladi. Bunday qabila aʼzosi boʻlgan odam otasini qanchalik hurmat qilsa, uni isteʼmol qilishni shunchalik kuchli xohlagan.

Boshqa ibtidoiy qabilalarda oʻz ajali bilan oʻlganlarni emas, oʻlimga mahkum etilgan jinoyatchilarni yeyish udumi boʻlgan. Buning sababi shundaki, ular jinoyatchi oʻz qilmishi bilan maʼbudlarni haqorat qilgan va ulardan rahm-shafqat soʻrash uchun o‘zini qurbon qilishi kerak deb hisoblagan. Ular qurbonliklarni isteʼmol qilgani yoki hech boʻlmaganda tatib koʻrgani sababli ham odam qurbonlik qilinganida ham shu tartib saqlangan.

“Kannibalizm” yoki “kannibal” soʻzi ispanlar odamxoʻrlik odatini birinchi marta kuzatgan gʻarbiy hind qabilasining nomi — “kaniba” yoki “karib” nomidan kelib chiqqan. Shimoliy Amerikada yashagan baʼzi erta hindu qabilalari kannibalizmni diniy marosim sifatida qoʻllagan. Hozirgi kunda Yerda qancha odamxoʻr qabila borligini aniq aytishning iloji yoʻq. Ba’zi tadqiqotchilarning fikriga koʻra, ular umuman yoʻq, boshqalari esa bunday qabilalar goʻyoki Yangi Gvineya orolining uzoq yerida (ich-ichida) yashaydi deb hisoblaydi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!