20.02.2024
Lyudgeyt-xill tepaligida joylashgan Avliyo Pyotr sobori London shahri ustida qad rostlagan. Uning ulkan gumbazi atrofdagi binolardan bir necha metr balandlikda yuksalib turibdi. Taxminlarga koʻra, Britaniyada xristianlik paydo boʻlishidan ancha oldin bu joyda Diana maʼbudasiga bagʻishlab qurilgan ibodatxona boʻlgan. VII asrda Kentni (hozirda Angliya janubi-sharqidagi graflik) boshqargan qirol Etelbert 1066-yilda normandlar istilosidan koʻp oʻtmay, eski sobor uchun joyni tozalash maqsadida vayron qilingan ibodatxona oʻrnida katta xristianlik cherkovini qurdirgan. Qadimgi Avliyo Pyotr sobori zamonaviy variantidan uzun va balandroq boʻlgan. U olti asr davomida turgan va 1666-yil Londondagi Buyuk yongʻinda yonib ketgan.
Bu shubhasiz fojiali voqea ser Kristofer Renga oʻzining meʼmoriy isteʼdodini namoyish etishi uchun ajoyib imkoniyat berdi. Falokatdan toʻrt oy oldin u soborning eski binosini qayta qurish rejasini taqdim etgan, ammo u butunlay yonib ketgani tufayli Renga yangisini qurish loyihasini yaratish taklif qilingan. Ammo shuni taʼkidlash kerakki, oxir-oqibat tasdiqlangan loyiha meʼmor koʻrishni istaganidan ancha farq qilgan.
Avliyo Pyotr soborining kuchli taassurot uygʻotadigan qismi uning 35 yil davomida qurilgan gumbazidir. U katta tashqi va kichik ichki gumbazdan iborat. Ularning orasidagi konus shaklidagi, kovak gʻisht devor qubbalar ustidagi oynalar, shar va xochning ogʻirligini koʻtarib turadi. Oxirgisi sobor etagidan 111 m balandlikda joylashgan. Ichki gumbazning qubbalari boʻylab joylashgan “Shivirlash galereyasi”da shivirlab aytilgan soʻzlar gumbazning qarama-qarshi tomonida 30 m dan ortiq masofada aniq eshitiladi. Xoch ostidagi, eni deyarli 2 m boʻlgan gʻovak oltin shar bir vaqtning oʻzida oʻziga 10 kishini sigʻdira oladi. Avliyo Pyotr soborida Nelson Vellington va Renning oʻzi kabi koʻplab taniqli odamlarning xoki koʻmilgan.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.