Nega Venetsiyada kanallar bunchalik ko‘p?

Koʻchalarning aksariyati kanallardan iborat boʻlgan shaharga hech boʻlmaganda bir marta tashrif buyurish juda maroqli. Ammo boshqa shaharlardan farqli oʻlaroq, Venetsiya kanallari u qurilishidan oldin ham mavjud boʻlgan. Venetsiya Adriatika dengizining shimoliy qismi boʻlgan koʻrfazning etagida, bir-biriga yaqin joylashgan yuzdan ortiq mayda orolning loy qirgʻoqlariga yoyilib joylashgan. Shahardagi barcha uylar loyga chuqur qoqilgan qoziqlar ustida turibdi. Orollar qirgʻoqlari orasida dengiz suvi oqadigan irmoqlarning tor yo‘llari choʻzilgan va bu mashhur Venetsiya kanallaridir. Bu shaharda odamlar piyoda yuradi yoki suzuvchi vositalarda harakatlanadi. Avtomobil va ekipajlar uchun Venetsiyaning ichki, eski qismiga kirishga ruxsat berilmaydi.

Venetsiyada kanallar ustiga kichik koʻpriklar oʻrnatilgan, koʻplab tor ko‘chalar mavjud. Har yerda, suv yuzasida kichik qayiqlar — gondolalarni koʻrish mumkin. Qayiqni boshqaradigan kishi — gondolyer qayiqning quyrugʻidagi poyada turib, uni uzun xoda yordamida harakatga keltiradi. Venetsiya juda qadimgi shahar. Odamlar bu orolchalarga V asrning oʻrtalarida hunnlar bosqini Italiya boʻylab yoyilishidan ancha oldin joylasha boshlagan.

Vaqt oʻtib ularda Venetsiya Respublikasini tashkil etgan bir nechta kichik shaharlar paydo boʻlgan va keyinchalik ular yaxlit Venetsiya shahriga aylangan. 1450-yilda ulkan mustamlakachilik tizimi Venetsiyadan boshqarilgan va eng kuchli dengiz davlati boʻlgan. Ammo XVI asrning boshlarida yangi savdo yoʻllari ochilishi bilan Venetsiyada savdo-sotiq inqirozga uchragan.

Keyingi yillarda Venetsiya koʻplab urushlarga aralashib qolgan, imperiya parchalanib, shahar dushmanlar tomonidan deyarli butunlay vayron qilingan. 1866-yilda Venetsiya aholisi Italiya qirolligi tarkibiga kirish uchun ovoz bergan. Bugungi kunda Venetsiya Yevropaning yirik madaniy markazlaridan biri boʻlib, port sifatida yana ahamiyat kasb etmoqda.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!