20.02.2024
Qadimda odamlar yer yuzida sehrgarlik sirlariga ega boʻlgan, juda koʻp gʻayrioddiy mavjudotlar borligiga ishongan. Bunday mavjudotlar orasida turli xalqlarning rivoyat va ertaklarida turli nomlar bilan mavjud boʻlgan gnomlar ham bor edi. Irlandiyada yashagan gnomlar sehrgar etikdoʻz boʻlgan. Ular boʻyi yangi tugʻilgan chaqaloqdan kichikroq, jimitdek, ajin bosgan qariyalar edi. Shotlandiya gnomlari biroz balandroq va boʻyi taxminan 60 sm boʻlgan. Gnomlar oʻziga yoqadigan uyni tanlab, u yerga joylashgan. Qorongʻi tushgach, ular boshpanasidan chiqqan va tozalash ishlari — idishlarni yuvish hamda boshqa uy yumushlarini bajarib, evaziga faqat bir piyola qaymoq, oq non parchasi bilan kifoyalangan. Ingliz gnomlari yashil kamzul va oddiy shlyapalar kiyib, chigirtkalar musiqasiga raqs tushish bilan vaqtichogʻlik qilgan. Skandinaviyada ularni oq elflar deb atashgan.
Ular oʻrmon va dalalarda yashagan. Oddiy odam esa yilning toʻrt sehrli kechasidan birida — yozgi tengkunlik kechasi, 1-may arafasi kechasi, Rojdestvo kechasi va Xellouinda (kuzda nishonlanadigan barcha avliyolar bayrami) gnomlar uyiga yoʻl topishi mumkin boʻlgan. Germaniyada yashagan gnomlar ingliz goblini va Skandinaviya trollari kabi balandroq boʻlgan.
Ayrim sehrgar mavjudotlar boʻyi va tashqi koʻrinishi bilan odamlardan unchalik ham farq qilmagan. Bularga hammaga maʼlum boʻlgan alvasti, suv jini va ajina kiradi. Nima boʻlganda ham, gnomlar yoki boshqa sehrgar mavjudotlarni aniq tasvirlash juda qiyin boʻlsa kerak. Negaki, ular kamdan kam hollarda odamlar koʻz oʻngida namoyon boʻlgan.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.